E'lon 31.05.2023 25 Tugash sanasi: 13.09.2023

Yosh tadbirkorlar uchun yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan 6 oylik Westerwelle Young Founders Programme trening dasturi

Umumiy maʻlumotlar

Westerwelle Young Founders Programme - Westerwelle Yosh Tadbirkorlar Dasturi bozorlarni barqaror kelajak sari olib borishda o’z hissasini qo’shayotga 25 nafar yosh tijoratchilar uchun mo’ljallangan 6 oylik dasturdir. 

Dasturdan ko'zlangan maqsad yosh tijoratchilarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga ko’maklashish hamda ta’sischilar tashabbuslari orqali ularni qo’llab-quvvatlashdan iborat. Dastur uch bosqichdan iborat:

  • Kick-Off Conference - 2023-yil 4-5-sentabrda o’tkaziladigan ikki kunlik raqamli (onlayn) boshlang’ich konferensiya;
  • Remote Programme - 2023-yilning sentabr-fevral (2024) oylarida shaxsiy murabbiy yordami, bitiruvchi talabalar bilan muloqotlar, har oy tengdoshlar bilan maslahatlashuvlar, har oy ekspert seminarlar va korporatsiyalar va investorlar bilan muloqot qilish imkoniyatlari mavjud bo’lgan 6 oylik dastur;
  • Berlin Conference- 10 ta eng yaxshi ishtirokchilar tanlab olinib, 2023-yil mayda sarmoyadorlar bilan Berlin shahrida bo’lib o’tadigan 5 kunlik konferensiya.

Ushbu dasturning dastlabki bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlagan 10 nafar eng yaxshi ishtirokchi Germaniyaning Berlin shahrida o'tkaziladigan 5 kunlik konferensiyada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ishtirokchilarning barcha xarajatlari tashkilot tomonidan qoplab beriladi. Ushbu konferensiya davomida ta'sischilar sarmoyadorlar oldida chiqish qilish, seminarlarda qatnashish, turli tadbirlarga qo'shilish hamda zarur ma'lumot olish, qolaversa, ishtirokchilar bilan o'zaro bilan aloqalarni yo'lga qo'yish imkoniyatiga ega bo'lishadi. 


Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod oxirgi besh yil ichida rivojlanishni boshlayotgan yoki rivojlanayotgan bozorlarga yo’naltirilgan tijorat kompaniyasiga ega bo'lishi lozim;
  • Kompaniya daromad keltiradigan yoki tashqi moliyalashtirishning birinchi bosqichini ta'minlaydigan biznes modeliga ega bo’lishi kerak;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi darkor;
  • Asos solingan biznesning sanoat sifatini, ta'sirini yoki inklyuzivligini oshirish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim;
  • Onlayn konferensiyalarda hamda 6 oylik ushbu dasturda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishi zarur.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega bo'ladi:

  • Ushbu dasturda bepul ishtirok etadilar;
  • Saralangan 10 nafar ishtirokchilar 5 kun mobaynida Berlinda o’tkaziluvchi konferensiyaga barcha xarajatlari moliyalashtiriladigan yo’llanma olish imkoniyatiga ega bo'ladi;
  • Dastur davomida shaxsiy murabbiy yordami, bitiruvchi talabalar bilan muloqotlar, har oy tengdoshlar bilan maslahatlashuvlar, har oylik ekspert seminarlar va korporatsiyalar va investorlar bilan muloqot qilishlari mumkin bo'ladi;
  • Ushbu konferensiya davomida ta'sischilar sarmoyadorlar oldida chiqish qilish, seminarlarda qatnashish, tarmoq tadbirlariga qo'shilish hamda zarur ma'lumot olish imkoniyatlariga ega bo'lishadi.

  • Batafsil ushbu havolada.