E'lon 20.07.2023 50 Tugash sanasi: 19.09.2023

“STUDENT IDEA CHALLENGE – 22” STARTAP LOYIHALAR TANLOVI NATIJALARI E’LON QILINDI

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda 2023-2026-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan innovatsion loyihalar, 2023-2025-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan innovatsion loyihalar va “Student idea challenge – 22” tanlovi doirasida moliyalashtiririladigan startap loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi. Kengash majlisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda uzatildi.

Kengash yig’ilishi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazir o‘rinbosari Shahlo Turdikulova raisligida o‘tkazildi. Kengash a'zolari tomonidan Sabzavotlarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda “tuzoq oʻsimliklar – trap crop”lardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish, Quyosh batareyalari uchun samarali kompozitsion shaffoflashtiruvchi qoplamalar yaratish, Suv tanqisligi sharoitida sholi almashlab ekish tizimini donli ekinlar bilan zichlashtirishni iqtisodiy asoslash va resurstejovchi agrotexnologiyasini ishlab chiqish, Qoraqalpogʻiston tuproq-iqlim sharoitlariga mos kungaboqarning oddiy va murakkab duragaylashdan tezpishar, serhosil, yuqori moydor yangi istiqbolli navlarini yaratish, Tola sifati, hosildorligi biotik va abiotik omillarga bardoshlilikning ijobiy majmuasiga ega gʻoʻza navlarini yaratish, original urugʻlarini tayyorlash hamda resurstejovchi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, Choʻl iqlim zonasidagi oʻrmon xoʻjaligi korxonalarida daraxt, buta va oʻtlarning urugʻlarini mexanizatsiyalashgan holda ekish uchun tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish va osma seyalka ishlab chiqarish, Tarkibida kaliy va natriy gumatlarini saqlagan organik oʻgʻitlar ishlab chiqarish, BABYFOOT – kichik yoshdagi bolalarni toʻgʻri qadam bosishlarini baholovchi qurilma yaratish, Antiadgeziv – kalsiy stearatning suvli suspenziyasini tayyorlash texnologiyasini yoʻlga qoʻyish loyihalarini moliyalashtirish qo‘llab-quvvatlandi.


Batafsil ushbu havolada.