E'lon 10.09.2023 94 Tugash sanasi: 10.12.2023

📣Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan startap loyihalar tanlovi e'lon qilindi

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Startap loyihalarni qabul qilishda quyiladigan shartlar:

Ijtimoiy ta’sir: loyihada mustaqil ijtimoiy maqsad va ijtimoiy muammolarni hal qilish potensiali bo‘lishi kerak;

Loyiha kelgusidagi faoliyatini saqlab turish xarajatlarini qoplay olishi lozim;

Arizalar 2023-yil 11-sentabrdan 2023-yil 11-dekabrgacha qabul qilinadi;

1 ta ishtirokchi 1 ta startap loyiha bilan ishtirok etadi;

Startap loyihalar asosida dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi lozim.

 Loyihaga baho berishda quyidagilar hisobga olinadi:

Loyihaning innovatsionligi – respublikada avval qo‘llanilmagan yangi texnologiyalar va/yoki jarayonni tashkillashtirish tamoyillaridan foydalanish darajasi, bunda loyiha respublikada avval ishlab chiqarilmagan yangi mahsulot (intellektual mulk ob’ekti mavjud bo‘lganda) ishlab chiqarish, yangi xizmat yaratishni ko‘zda tutadi;

Loyihaning texnik jihatdan mukammalligi, shu jumladan yakunlanganlik darajasi;

Muhofaza qiluvchi hujjatlar mavjudligi – patent yoki patentga ariza, va/yoki ilmiy-texnik hujjatlarning to‘liq komplekti, va/yoki ko‘zda tutiladigan mahsulot (texnologiya)ning texnik reglamenti, sinov dalolatnomalari, mahsulot namunasining mavjudligi;

Loyihani moliyaviy rejalashtirish – loyiha moliyaviy ta’minotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi va harajatlar smetasining asoslanganligidir;

Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish sifati.

 Innovatsion rivojlanish agentligining tanlov g‘oliblari borasidagi qarori qat’iy va qayta ko‘rib chiqilmaydi!

Batafsil: Shu linkda