O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan “O‘zbekiston-Eron” amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovi quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha e’lon qiladi:Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha (Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari)
Iqlim o‘zgarishi yo‘nalishi bo‘yicha (Yer to‘g‘risidagi fanlar) Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha (Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari) Suv tejamkor va irrigatsiya texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha (Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari) Mazkur tanlov ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq o‘tkaziladi.
Tanlov shartlari.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2023-yilning 27-noyabriga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Loyihaning umumiy moliyalashtirish hajmi 1,8 milliard so’m miqdoridan oshmasligi va bajarilish muddati 36 oydan oshmasligi lozim.
Taqdim etilgan loyihada keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va gʻoyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qoʻyishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining (xizmatining) xulosasi loyihaga ilova qilinishi lozim.
Batafsil malumotni shu link orqali olishingiz mumkun (https://innovation.gov.uz/contest/post-1373)