E'lon 12.02.2023 65 Tugash sanasi: 09.03.2023

Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 8500 dollar stipendiya!

Kyoto University of Advanced Science oliygohi muhandislik boʻyicha bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga 2 turdagi grantlarni taklif etadi.

1. Super KUAS-E Scholarship:

– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

– Qabul to'lovidan to'liq ozod qiladi.

– Yiliga  8500 dollar stipendiya beriladi.

2. KUAS-E Scholarship:

– Kontrakt yoki qabul to'lovini to'lashdan 50% yoki 100% ozod qiladi.

Navbadagi qabul:

– 2023-yil 13-fevraldan 10-martgacha

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantlar quyidagi imityozlar bilan ta' minlaydi:

Super KUAS-E Scholarship grantini yutib olgan bakalavr talabalari kontrakt to' lovidan to' liq ozod qilinadi. Talabalarga har semestr 600 000 yen (taxminan 4220 AQSh dollari) stipendiya beriladi. Undan tashqari, talaba qabul gilingandan keyin to'lanadigan bir martalik 200 000 yen to'lovdan ham ozod qilinadi.

KUAS-E Scholarship grantini vutib olgan bakalavr talabalari kontrakt to 'lovining 50% yoki 100% qismidan va qabul qilingandan keyingi bir martalik to 'lovning 50% yoki 100% qismidan ozod qilinadi. Kontrakt to'lovi gancha?

Talablar:

Nomzodga qo'yilgan talablar quyidagicha:

Nomzod 12 yil majburiy ta'lim olgan bo'lishi kerak. 11 yillik maktab bitiruvchilari ham qabul qilinadi. Bunda nomzod yo to' g'ridan-to' g'ri bakalavriat kursiga, yoki tayyorlov kursiga qabul qilinishi mumkin (nomzod gaysi davlatdan ekanligiga qarab farq qiladi). 11 yillik ta' limni bitirganlar/bitiradiganlar bu masalani universitetga email yozish orqali aniqlashtirib olishi mumkin.

Nomzod ingliz tilini yashi bilishi, IELTS 5.5 yoki TOEFL IBT 75 yoxud shu darajaga teng boshqa xalqaro til sertifikatiga ega bo'lishi kerak.

Nomzod matematika va fizikaga oid fanlarni yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi lozim.

Shuningdek, Super KUAS-E . Scholarship grantini olish uchun nomzodning o'zlashtirish darajasi (baholari) "a'lo" bo'lishi, KUAS-E

Scholarship grant uchun esa "yaxshi" bo'lishi lozim.

Grantni qo' lga kiritganlarning o' qishdagi o' zlashtirish ko'rsatkichi talab darajasida bo'lish kerak, talab darajasida o'zlashtirmaganlar grantdan mahrum qilinadi. Talabaning o'zlashtirilishi har semestr tekshirib boriladi.

Ariza tophirish quyidagi havola orqali 👇🏻👇🏻👇🏻

Undergraduate Application Checklist | Graduate Admission Process | Faculty of Engineering | Kyoto University of Advanced Science (kuas.ac.jp)