“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnali tahririyati hamda Rossiya Federatsiyasining “Наука и инновационное развитие
” (“Ilmiy elektron kutubxona”) kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Endilikda jurnalda nashr etilgan maqolalar kompaniya tomonidan tashkil etilgan eLIBRARY.RU elektron kutubxonasi platformasiga ham joylashtiriladi.
eLIBRARY.RU – ilmiy nashrlarni o‘z ichiga qamrab olgan, ilmiy maʼlumotlarni qidirish va tahlil qilishga mo‘ljallangan Rossiyaning yirik ilmiy kutubxonasi hisoblanadi. Kutubxona Rossiya ilmiy iqtiboslik indeksi (РИНЦ) bilan integratsiyalashgan.
РИНЦolimlar va tashkilotlarning nashr faolligi ko‘rsatkichlarini baholash maqsadida Rossiya Federatsiyasi Taʼlim va fan vazirligi topshirig‘iga asosan yaratilgan bepul va omma uchun ochiq bo‘lgan ilmiy iqtiboslarning bibliografik maʼlumotlar bazasidir. Ushbu baza rossiyalik olimlarning 12 milliondan ortiq maqolalari, shuningdek, mamlakatning 6000 dan ortiq jurnallaridan ushbu maqolalarga iqtiboslar to‘g‘risida maʼlumotlar to‘playdi.
eLIBRARY.RU va РИНЦ“Наука и инновационное развитие” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va yo‘lga qo‘yilgan.