E'lon 23.10.2023 144 Tugash sanasi: 23.11.2023

Fargʻona vodiysi chekka hududlaridagi korxonalarni rivojlantirish boʻyicha startap loyihalar ikkinchi ochiq tanlovi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4399-son qarori, Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi o‘rtasida 2020-yil 30-iyul sanasida imzolangan ikki tomonlama kelishuv hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” nizomda belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Ushbu tanlov tashkilotlarga biznesni rivojlantirishdan “to pitching (investorlarni jalb qilish uchun vizual taqdimot)”gacha bo‘lgan barcha sohalarni qamrab oluvchi yangi tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va xalqaro muhitda qo‘llaniladigan ilg‘or tajribani o‘rganish borasida qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.ikkita ochiq tanlov o‘tkaziladi, akselerasiya dasturi esa umumiy hisobda 100 ta biznes-g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi.Har bir ochiq tanlov arizachilar uchun 1 oyga yaqin vaqt davomida o‘tkaziladi va dastur maksimal 4 oy mobaynida davom etadi.Eng istiqbolli startaplar tanlab olinganidan keyin, startaplarni akselerasiya dasturidan o‘rin olgan va ular bilan shartnoma imzolashga tayyor nomzodlar, agentlik tomonidan beriladigan qo‘shimcha yordamdan foydalanishi mumkin.

Startap loyihalarni qabul qilishda quyiladigan shartlar:

1 Arizalar 2023-yilning 24-oktabrdan 2023-yil 24-noyabrgacha bo‘lgan muddatda qabul qilinadi;

2 Tanlovga taqdim etilgan startap loyihalarning asosiy mazmuni Fargʻona vodiysi chekka hududlaridagi korxonalarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi;

3 Startap loyihalarni shakllantirishda har bir loyiha doirasida agentlikdan so‘ralgan mablag‘ 20 000 AQSH dollaridan oshmasligi (Talabgor mablag‘lar bundan mustasno);

4 3 yildan katta bo‘lmagan tashkilotlar va loyihalar Texnik yangiliklarni joriy etishga, mavjud biznes-modellarni, mahsulotlarni yoki xizmatlarni yaxshilash va o‘zgartirishga asoslangan g‘oyalar.

5 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi;

6 Startap loyihalar asosida maket va (yoki) prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar yaratishning eng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi lozim.


Startap loyihalar tanlovini o‘tkazish shartlari:


Tanlovda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamdagi biznes-loyihalarni yaratish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular innovatsiyalar va texnologiyalarga asoslanishi shart.


Arizalarni yuridik va jismoniy (kafolat xati ilova qilingan holda) shaxslar taqdim etishi mumkin.

Batafsil malumotni shu link orqali olishingiz mumkun (https://innovation.gov.uz/ru/contest/post-1382)