E'lon 06.08.2024 10 Tugash sanasi: 08.08.2024

⚡️6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin

Arizalarni koʻrib chiqish natijasida koʻplab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablar) sabablarga koʻra rad etilgan.

Shuni inobatga olib, magistr.edu.uz tizimidan magistraturaga oʻqishga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar mavjud boʻlganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga 6–8-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

✅ Demak, qayta tahrirlash 8-avgust kuni soat 23:59 da yopiladi.

❌ Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

☝️ Muhim eslatma, xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida boʻlmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar esa koʻrib chiqilmaydi.