E'lon 13.08.2024 23 Tugash sanasi: 02.10.2024

Magistratura bosqichini Italiyada to‘liq moliyalashtiradigan holda o‘qish uchun Alta Scuola Politecnica o‘quv dasturi

Milan Politexnika Universiteti (PoliMi) va Turin Politexnika Universiteti (PoliTo) o‘rtasida qo‘shma korxona sifatida tuzilgan Alta Scuola Politecnica(ASP) Laurea Magistrale PoliTo va PoliMi kurslari bilan bir qatorda boshqariladigan muhandislar, me’morlar va dizaynerlar uchun ilg‘or dasturdir. 
Alta Scuola Politecnica arxitektura yo‘nalishlarning magistratura bosqichida  o‘qish uchun barcha millat vakillari  uchun to‘liq moliyalashtirilgan stipendiyalarni taklif etadi.  ASP ta’lim dasturi ikki elementdan: keng ko‘lamli kurslar va real muammolarga yo‘naltirilgan hamda PoliMi va PoliTo professorlari tomonidan kompaniyalar, davlat boshqaruvi va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda taklif qilingan keng ko‘lamli kurslar va ko‘p tarmoqli loyihalardan iborat.

Dasturning mazmun-mohiyati kontekstualizatsiya va muammoning murakkab tomonini, shuningdek, muhim muammolarni turli nuqtai nazardan hal qilish qobiliyatini shakllantirishdir.  Kurslar ma‘ruzalar, mahorat darslari va guruh muhokamalaridan iborat bo‘ladi.

Tanlangan nomzodlar o‘qish to‘lovidan ozod qilinish bilan birga  ASP o‘quv dasturiga muvofiq va yillik moliyaviy imkoniyatlarga ko‘ra, o‘z loyihalarining  faoliyati uchun moliyaviy yordamdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Maqbullik shartlari

  • Bakalavr darajasiga ega bo‘lish kerak;
  • Ingliz tilini bilish lozim. 

     Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Akademik ko‘rsatkichlari hamda yakuniy imtihon baholari;
  • Motivatsion xat. 
  • Foydali tomonlari

    • O‘qish to‘lovidan ozod qilinadi;
    • Transport xarajatlari qoplanadi;
    • Turar-joy va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi;
    • Ilmiy loyihalar uchun moliyaviy ko‘mak bilan ta'minlanadi.
    • Qoʻshimcha maʻlumotlar

      • 1-bosqich yakunida eng yaxshi 150 ta nomzodlar saralab olinadi;
      • 2-bosqichga qabul qilingan nomzodlar 2024-yil noyabr oyida suhbatga taklif qilinadi va elektron pochta orqali suhbat vaqti va joyi to‘g‘risida xabar qilinadi;
      • Umumiy tanlov natijasi ASP veb-saytida e’lon qilinadi;
      • Faqat qabul qilingan nomzodlarga elektron pochta orqali 17.12.2024 da xabar yuboriladi;
      • Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: www.asp-poli.it;  Tel. +39/02 2399 9801