Loyiha turi 06.10.2021 98

57-tur. SATREPS-2020 O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligidagi qo‘shma xalqaro ilmiy loyihalar uchun tanlov e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va SATREPS-2020 loyihasi koordinatorlari «The Project for Development of Innovative Climate Resilient Technologies for Monitoring and Controlling of Water Use Efficiency and Impact of Salinization on Crop Productivity and Livelihood in Aral Sea region» («Orol mintaqasi sho‘rlanishiga qarshi kurashish va yerdan foydalanish unumdorligini oshirish uchun suv resurslaridan unumli foydalanishni monitoring qilish va nazorat qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish loyihasi») O’zbekiston tadqiqot guruhlari o’rtasida tanlov e’lon qiladi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 133-sonli «Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori talablariga muvofiq o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ilmiy jamoalar tanlovda qatnashish uchun Yaponiyalik hamkorlari bilan o‘zaro kelishuv va loyiha maqsadlari doirasida ariza berishlari kerak.

Ushbu loyiha iqlim o‘zgarishini kuzatish markazini tashkil etishni, meteorologik monitoringni o‘tkazishni, shuningdek, Orol dengizi hududida suv ta’minoti cheklangan sharoitda mahalliy jamoatchiliklarning farovonlik darajasini ko‘arish va yerlarning hosildorligini oshirish maqsadida sho‘rlanish bilan kurashish uchun qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalarni joriy etishni ko‘zda tutadi.

Loyiha meteorologik kuzatuvlar ma’lumotlari va O‘zbekistonning, xususan, Qoraqalpog‘istonning qattiq sho‘rlanganlik sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri prognoz qilish bilan birrga qishloq xo‘jaligi innovatsion texnikalarini yaratish va sinovdan o‘tkazishga qaratilgan. Ushbu loyihani amalga oshirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqlim o‘zgarishiga moslashish choralarini topishga va sho‘rlanish muammolari va daryolarning quyi oqimlarida suv resurslaridan foydalanish imkoniyati mavjudligini hal qilishga qaratilgan.

Loyiha Yaponiya hukumatining SATREPS dasturi doirasida bir qancha O‘zbekiston va Yaponiya oliy o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi, bir qator vazirliklar va idoralar konsortsiumi ishtiroki asosida O’zbekiston va Yaponiya xususiy sektorining yordami bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekistondagi tadqiqot guruhlari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

SATREPS -2020 doirasida tasdiqlangan loyiha komponentlariga muvofiq asosiy tadqiqot yo‘nalishlari:

  1. Axborot tizimlarida innovatsion «nou-xau» - iqlim o‘zgarishini geostatsionar meteorologik sun’iy yo‘ldoshlar ma’lumotlari asosida real vaqtga yaqin tarzda kuzatish, quyosh nurlanishining o‘zgarishini monitoring qilish va baholash. Loyihani amalga oshirish muddati: 2023-2026 yillar.
  2. Tuz va qum bo‘ronlarini kuzatish, prognoz qilish va oldindan ogohlantirish tizimini yaratish va rivojlantirish.  Loyihani amalga oshirish muddati: 2023-2025 yillar.
  3. Suv va yer resurslari monitoringi, suv-energetika balansini baholash, suv resurslari va ulardan foydalanish bo‘yicha iqlim o’zgarishini modellashtirishning zamonaviy tizimini ishlab chiqish, tuproq sho’rlanishini nazorat qilish va xaritasini tuzish; Amudaryoning quyi oqimida va Qashqadaryo daryosi havzasida qishloq xo‘jaligi yerlarining hosildorligi va tuzlarning to‘planish dinamikasidagi uzoq muddatli o‘zgarishlarni baholash va prognoz qilish; MODIS, GCOM-C Landsat, Sentinel va mahalliy uchuvchisiz kuzatuv dronlar yordamida to’plangan ma’lumotlaridan foydalanib sho’rlanish sharoitida biomassaning o‘sish, to’planishi dinamikasi va hosildorligini baholash va prognoz qilish. Loyihani amalga oshirish muddati: 2022 iyuldan – 2025 iyulgacha.
  4. Baholashning zamonaviy usullarini qo‘llashni kiritish va Orol dengizi galofitlar florasi madaniyatiga kiritish. Tuz va qurg‘oqchilikka chidamli noan’anaviy ekinlarning istiqbolli galofitlarini yetishtirish uchun urug’lantirish usullari va yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish; urug‘larni biokimyoviy tahlil qilish va ularni ko‘paytirish va in-situ va ex-situ saqlash biotexnologik asoslari. Loyihani amalga oshirish muddati: 2022 iyuldan – 2025 iyulgacha.
  5. O‘zgaruvchan iqlim sharoitida suvdan foydalanishni optimallashtirish uchun sho’rlanish sharoitida yopiq tsiklli qishloq xo’jaligi tizimini ishlab chiqish; tuz va qurg’oqchilikka chidamli noan’anaviy galofit tizimli qishloq xo‘jaligida va agro o’rmon xo’jaligi tizimlarida qo‘llash; ularning fiziologiyasini, fitomeliorativ xususiyatlarini va tijorat qiymatini o‘rganish (yem-xashak va ozuqaviy qiymati, dorivor xususiyatlari, nektar va asalga boyligi va boshqalar). Loyihani amalga oshirish muddati: 2022 iyuldan – 2026 iyulgacha.
  6. Sho‘rlanish va iqlim o‘zgarishi sharoitida suv miqdori kam bo‘lgan holatda ishlab chiqarish-taqsimlash zanjirini maksimal darajada oshirish uchun yerdan foydalanish stsenariylarini yaratish. Tayyor mahsulotlar, yuqori daromadli noan’anaviy o‘simliklar va ekinlarning qo‘shimcha qiymat zanjiri va marketingini tahlil qilish; kichik qishloqlar va mahalliy jamoalar darajasida sho’rlanish sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish uchun muvaffaqiyatli biznes modellarini tarqatish. Loyihani amalga oshirish muddati: 2023-2026 yillar

Har bir loyihada bir nechta ilmiy jamoalarning ishtirok etashi afzalliklarga ega.

Tanlovda ishtirok etadigan ilmiy loyihalar 2021 yil 30 noyabr sanasigacha grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyihalarni taqdim etish” sahifasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali tadqiqot loyiha hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida dastlabki hujjatlarning pdf/doc elektron shaklini yuklash zarur:

  • SATREPS-2020 ishtirokchisining Yaponiya universitetidan loyihani qo‘llab-quvvatlash xati
  • ijro etuvchi organ rahbari tomonidan imzolangan tavsiyanoma (pdf);
  • Amalga oshiruvchi tashkilot ilmiy (ilmiy-texnik) kengashining qaroridan ko‘chirma (pdf);
  • Loyiha matni (imzolangan va muhrlangan, pdf va doc/docx variantlarida).

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilishi, ishonchliligi, aniqligi va plagiatning yo’qligini tekshirish maqsadida dastlabki texnik ko’rikdan o‘tkaziladi.

Tanlovning keyingi bosqichiga elektron ro‘yxatga olish va dastlabki texnik ekspertizadan o’tmagan loyihalar tavsiya etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi PQ-3855-sonli qaroriga muvofiq ilmiy faoliyat yo‘nilishi davlat dasturlari doirasida olib borilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari, tadqiqotlar tugagandan so‘ng to‘liq tijoratlashtiriladigan bo‘lishi kerak.

Taqdim etilgan loyihalardagi ma‘lumotlarning aniqligi va ishonchliligi, shuningdek, ilmiy-texnik loyihalarning samaradorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari g’oliblari tomonidan belgilangan kutilgan natijalarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi uchun javobgarlik ilmiy loyihalar rahbarlari, ilmiy loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlarning rahbarlari va tegishli yuqori tashkilotlarning vakolatli xodimlari zimmasiga yuklatiladi.

Izoh: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida ma’lumot grant.mininnovation.uz elektron sayti “Tanlov natijalarini aniqlash bo‘yicha interaktiv xizmat” sahifasi, shuningdek www.mininnovation.uz saytidagi “Tanlov natijalari” interaktiv xizmati orqali taqdim etiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining grant.mininnovation.uz elektron platformasidagi “Ilmiy loyihalarni tanlovga taqdim etish” sahifasi orqali ilmiy loyihalarni elektron ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati: + 998-71-203-32-32, +998 (90) 989-92-94