Loyiha turi 11.04.2022 221

Tematik amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi

Tematik amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta'lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2021 yil 12 dekabrdagi PQ-60-son hamda “Davlat oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to'g'risida” 2021 yil 12 dekabrdagi PQ-61-son qarorlari bilan oliy ta'lim muassasalarining mustaqilligini kengaytirish, ular faoliyatida davlat ma'muriy boshqaruvini keskin kamaytirish hamda shu orqali o'zgaruvchan mehnat bozori talablariga javob bera oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi davlat oliy ta'lim muassasalari shakllantirilmoqda.

Bunda oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Guliston davlat universiteti ham Sirdaryo viloyatida etakchi oliy ta'lim muassasalaridan biri bo'lib, ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun universitetda etarli ilmiy salohiyat jamlangan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi Guliston davlat universitetida faoliyat ko'rsatayotgan olim va mutaxassislarning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, mavjud hududiy muammolar echimiga qaratilgan ilmiy loyihalarni tanlov asosida moliyalashtirishni tashkil etish maqsadida quyidagi fan yo'nalishlari bo'yicha amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini e'lon qiladi:

1.   Biologiya fanlari

2.   Pedagogika va psixologiya fanlari

3.   Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiya fanlari

4.   O'rmon xo'jaligi, tuproqshunoslik va o'simliklarni himoya qilish fanlari

5.   Qishloq xo'jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari

6.   Texnika fanlari

Tanlov shartlari (ilmiy loyihani shakllantirishga qo'yiladigan talablar).

Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar quyidagi talablarga javob berishi zarur:

1.   Tanlovga loyihalar faqat Guliston davlat universiteti tomonidan taqdim etiladi. Bunda:

ijrochi(lar) sifatida respublikamizdagi barcha ilmiy tashkilotlar va oliy ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan, loyiha mavzusi yo'nalishida bo'yicha etarli ilmiy salohiyatga ega bo'lgan olim va mutaxassislar jalb etilishi mumkin;

2.   Har bir loyihaga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlarda, shuningdek etakchi universitetlarda faoliyat ko'rsatayotgan nufuzli olimlar va professor-o'qituvchilardan hamrahbar biriktirilishi shart. Bunda:

loyiha hamrahbarining  Scopus va Web of Science xalqaro ma'lumotlar bazalaridagi Xirsh indeksi 3 va undan yuqori bo'lishi lozim.

Yuqoridagi talablarga javob bermagan loyihalar dastlabki texnik ekspertizadan o'tkazilmaydi va tanlovning keyingi bosqichi – ilmiy ekspertizaga kiritilmaydi.

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat'iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining to'liqligi, ishonchliligi va haqqoniyligi, ko'chirmachilikka (plagiatga) yo'l qo'yilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek loyiha yakunida qo'lga kiritiladigan muhim ilmiy natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to'liq asoslanganligi va so'ralgan mablag'larning to'g'ri hisob-kitob qilinganligi/asoslanganligi, shuningdek, tanlovga taqdim etilgan loyihalarni amalga oshirish muddatlarining tanlov shartlariga mosligi bo'yicha dastlabki texnik ekspertizadan o'tkaziladi.

Tanlovga taqdim etiladigan Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi – grant.mininnovation.uz  orqali 2022 yilning 12 mayiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Ilmiy loyiha hujjatlarini grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali ro'yxatdan o'tkazish jarayonida quyidagi hujjatlar asl nusxalarining pdf/doc shakli elektron platformaga yuklanishi lozim:

  • ijrochi tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan yo'llanma hat (.pdf);
  • ijrochi tashkilotning ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi qaroridan ko'chirma (.pdf);
  • amaliy yoki innovatsion loyiha matni (imzo va muhr qo'yilgan holda, .pdf va .doc/.docx).

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
18 iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan so'ng to'liq tijoratlashtirilishi shart
.

Taqdim etilgan loyihalardagi ma'lumotlarning to'liqligi, haqqoniyligi va ishonchliligi hamda ilmiy loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish salohiyati, loyihada rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqotlarni to'la va o'z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi ijrochi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning mas'ul xodimlari javobgar hisoblanadilar.

Tanlovga taqdim etiladigan loyihani amalga oshirish uchun so'ralayotgan umumiy moliyalashtirish hajmini (5-shakl) hisoblashda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ushbu havolaga joylashtirilgan hisob-kitob shaklidan foydalanish tavsiya etiladi: http://grant.mininnovation.uz/site/example-docs .

eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning ko'rib chiqish natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovlar natijalarni aniqlash bo'yicha interfaol xizmat” sahifasi, shuningdek www.mininnovation.uz veb-saytidagi “Tanlovlar” ruknining “Tanlov natijalari” interaktiv xizmati orqali taqdim etib boriladi.

Ilmiy loyihalarni grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali elektron ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq texnik masalalar bo'yicha Innovatsion rivojlanish vazirligining texnik jihatdan qo'llab-quvvatlash xizmati:  +998-71-203-32-32