Loyiha turi 17.03.2022 91

Tataristonning INNOPOLIS Universitetiga aspiranturada o‘qish uchun tanlov

Tataristonning INNOPOLIS Universitetiga aspiranturada o‘qish uchun tanlov

 

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Tataristonning INNOPOLIS Universitetiga aspiranturada o‘qish uchun tanlov e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ANO VO “Innopolis universiteti” (keyingi o‘rinlarda – Universitet) 2022-yilda “Matematik modellashtirish, raqamli metodlar va dasturiy komplekslar” yo‘nalishi (profil) bo‘yicha aspiranturada ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash dasturlariga (keyingi o‘rinlarda - aspirantura) qabul e’lon qiladi. Aspirantura dasturi kunduzgi ta’lim bo‘yicha 3 yil davomida amalga oshiriladi.

Aspirantura dasturiga quyidagilar kiradi:

1.   Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlash va nashrlar va (yoki) patentga talabnomalar tayyorlashga qaratilgan ilmiy komponent;

2.   Ta’lim komponenti, shu jumladan nomzodlik imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish va amaliyoti;

3.   Tayyorlangan dissertatsiyani baholash uchun o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiya.

Universitetda 2021-2022 o‘quv yili uchun aspiranturada o‘qish narxi yiliga 800 000 (sakkiz yuz ming) rublni tashkil etadi. Aspiranturada ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash dasturlari to‘g‘risidagi federal qonunchilikdagi o‘zgarishlar tufayli ta’lim xarajatlari o‘zgarishi mumkin.

Universitetning aspirantura dasturi bo‘yicha o‘qish uchun talabgorlar tanlovning quydagi bosqichlaridan o‘tadilar:

1.   Universitet veb-saytiga ariza topshirish (htts://apply.innopolis.ru/get-in/ havolasi orqali) va birlamchi tanlov bosqichidan o‘tish;

2.   Matematika, ingliz tili va mutaxassislik bo‘yicha test sinovlarini topshirish;

3.   Matematika fanidan og‘zaki suhbatdan o‘tish;

4.   Talabgorlarni qabul qilish va jalb qilish bo‘limi hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash dasturlarini tashkil etish bo‘limi vakillari bilan suhbatdan o‘tish;

5.   Ilmiy rahbar bilan suhbatdan o‘tish, ilmiy tadqiqot mavzularini belgilash;

6.   Aspirantning ilmiy ishiga rahbarlik qilish uchun rahbardan rasmiy rozilik xatini olish.

Universitetda aspirantura bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotni prorektor o‘rinbosari – Kamaletdinova Tatyana Sergeevnadan olish mumkin:

tel. +7 (927) 039 45 05, e-mail: t.kamaletdinova@innopolis.ru

Murojaat uchun 71 203 3223 (242) raqamiga bog‘lanish mumkin.

Natijlar Inovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.