Hayat o’tkazilgan sana: 2021-yil 16-noyabr
Hayat yig’ilishining soni: Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Hay'atining 51-son yig’ilishi
Hayat ishtirokchilari to’g’risida:
Raislik qiluvchi: I.Abduraxmonov – Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri, Hay’at raisi;
Ishtirok etganlar: Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Hay’ati a’zolari, ilmiy kotib, vazirlikning tegishli boshqarma boʻlim boshliqlari va respublika tashkilotlari mas’ul xodimlari (roʻyxat boʻyicha).
Kun masalasiga qo’yilgan loyihalar:
№ | Loyiha nomi | Loyiha bajarish muddati | Loyiha turi | Loyiha fan yo’nalishi | Loyiha rahbari |
1 | Tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlarning zamonaviy modellari va ommaviy xizmat ko'rsatish tizimlari uchun asimptotik tadqiqot usullarini ishlab chiqish va populyatsion jarayonlar qonuniyatlarini hamda telekommunikatsiya tarmoqlarining yangi avlodlarini yaratishda tatbiq etish. | 5 yil | Fundamental loyiha | Matematika, fizika va mexanika fanlari | A.Imomov |
2 | Yuqori sezgir bo'yoqli quyosh elementlari(DSSC) ishchi qatlamlarini fotoelektrik xarakteristikalariga haroratni, ultratovushni va ulardagi moddalar miqdorining ta'sirini o'rganish orqali ulardan Respublikamizda optimal foydalanish tavsiyalarini ishlab chiqish | 5 yil | Fundamental loyiha | Matematika, fizika va mexanika fanlari | N.Shariboyev |
3 | Eynshteyn tenglamalarining qora tuynuklar (Black Holes) va yumronqoziq inlari (Wormholes) uchun yangi echimlari | 5 yil | Fundamental loyiha | Matematika, fizika va mexanika fanlari | R.Ibadov |
4 | Vektor maydonlar geometriyasi va singulyar qatlamalar | 5 yil | Fundamental loyiha | Matematika, fizika va mexanika fanlari | A.Narmanov |
5 | Cho'l daraxt-butalar urug'ining sifat ko'rsatkichlarini baholash va ularning urug'chilik bazalarini shakllantirish | 3 yil | Amaliy loyiha | O'rmon xo'jaligi, tuproqshunoslik va o'simliklarni himoya qilish fanlari | Sh.Xolova |
6 | Himoyalovchi vertikal ko'kalamzorlashtirish uchun tayanch konstruktsiyalarini ishlab chiqish | 3 yil | Amaliy loyiha | O'rmon xo'jaligi, tuproqshunoslik va o'simliklarni himoya qilish fanlari | M.Radkevich |
7 | Sholining eksportbop "Guliston" navining birlamchi urug'chiligini tashkil etish | 1 yil | Amaliy loyiha | Qishloq xoʻjaligi, veterinariya va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari | G'.Xo'jambetov |
8 | Qoraqalpog'iston sharoitida kuzgi yumshoq bug'doyning istiqbolli "Sho'rtanbay-1" navining birlamchi urug'chiligini tashkil etish | 1 yil | Amaliy loyiha | Qishloq xoʻjaligi, veterinariya va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari | N.Absattarov |
9 | Bolalarda tish qattiq to'qimalari va og'iz bo'shlig'i shilliq qavati kasalliklari profilaktikasi uchun "DENTAL GEL+" gelini ishlab chiqish | 1 yil | Amaliy loyiha | Tibbiyot fanlari | D.Taylaqova |
10 | Bolalar kariyesining birlamchi profilaktikasini olib borishda "AERODENT" tish yuvish uskunasini yaratish | 1 yil | Amaliy loyiha | Tibbiyot fanlari | S.Sharapov |
11 | Fermerbop universal ildiz-meva kovlagich mashinasining tajriba nusxasini yaratish | 2 yil | Innovatsion loyiha | Texnika fanlari | D.Norchayev |
12 | Temir yo'l transporti radioaloqa signallarini o'lchashda maxsus aloqa laboratoriya vagoni uchun raqamli hamda kompleksli modullarni yaratish | 2 yil | Innovatsion loyiha | Texnika fanlari | J.Qurbanov |
13 | Qishloq xo'jaligi ekinlarining sochiluvchan urug'larini tuproq-iqlim sharoitiga mos donalab va uyalab aniq ekadigan, urug'lik sarfini kamaytiradigan, g'o'za yaganasiga chek qo'yadigan, import o'rnini bosadigan mahalliy pnevmatik seyalkaning sanoat nusxasini yaratish | 2 yil | Innovatsion loyiha | Texnika fanlari | A.Qaraxanov |
14 | Suyuqlikning kinematik qovushqoqlik birligini hosil qiluvchi qurilma namunasini yaratish | 2 yil | Innovatsion loyiha | Texnika fanlari | Sh.Masharipov |
15 | Yangi koronavirus infeksiyasi bo'lgan bolalarda sinusoidal endotelial omillarni o'rganish nuqtai nazaridan jigar shikastlanishining ilmiy kontsepsiyalarini ishlab chiqish | 1 yil | Amaliy loyiha | Tibbiyot fanlari | F.Inoyatova |
16 | Urgut tumanida innovatsion telemeditsina xizmatini tashkil etish | 1 yil | "Start-up" loyiha | Tibbiyot fanlari | B.Xudanov |
17 | Yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida dasturiy ta'minot ishlab chiqish bo'yicha o'qitish va o'quv platformasini yaratish | 6 oy | Tijoratlashtirishga tayyorlash loyihasi | Filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari | D.Raximov |
18 | Chust brendi asosida baliq go'shtini qayta ishlash va chiqindilaridan parrandachilik uchun ozuqaviy qiymati yuqori bo'lgan em ishlab chiqarish | 1 yil | Tijoratlashtirishga tayyorlash loyihasi | Qishloq xoʻjaligi, veterinariya va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari | I.Mo'minov |
19 | Uzum urug'idan kosmetologiya va farmasevtika sohasida qo'llaniladigan moy ishlab chiqarish | 1 yil | Tijoratlashtirishga tayyorlash loyihasi | Farmakologiya va farmatsevtika | Sh.Yariyev |
20 | Milliy intellektual kameralarni dasturlash va Do'stlik tumaniga joriy qilish | 1 yil | Moliyalashtirishga tavsiya etilgan "Start-up" loyiha | Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari | Sh.Umirzaqov |
Ushbu Vazirlik Hay'atining videohavolasi