2017 yil 30 noyabr
Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; Innovatsion faoliyatni uning samaradorligi indikatorlari asosida baholaydi, ilgʻor texnologiyalarni birinchi darajada joriy etish talab qilinadigan tegishli tarmoq va sohalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi; innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini taʼminlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilgʻor texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarini rivojlantirish strategiyasini belgilash; Tez oʻzgaruvchan jahon konʼyunkturasini hisobga olgan holda iqtisodiyotning jadal rivojlanishini taʼminlash boʻyicha strategik va oldindan rejalashtirish; Aholi hayot darajasi va sifatini yaxshilash, uning farovonligini oshirishni taʼminlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini har tomonlama tahlil qilish va prognoz qilish, shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror oʻsishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlay oladigan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish; Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirishga yoʻnaltirilgan innovatsiyalarni joriy etish; Ijtimoiy rivojlanishga, shu jumladan taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimiga innovatsiyalarni joriy etish; Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish; Davlat ilmiy-texnik va innovatsion siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash hamda grant asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini tasdiqlash; Mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda nou-xaularni ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi №PF-5264 son «O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda 2017 yil 30 noyabrdagi №PQ-3416 son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorlariga asosan Vazirlik O‘zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, milliy ilm-fan va innovatsiya tizimini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rnini oshirish, hududlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadlarini ilgari suruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari
+998 71 203-32-23
Fakultetlar | 0 |
Professor-o'qituvchilar soni | 0 |
Talabalar | 0 |
Bakalavriat | 0 |
Magistratura | 0 |
Ma’muriy-boshqaruv xodimlar | 0 |
Katta ilmiy xodimlar | 0 |
Kichik ilmiy xodimlar | 0 |
Laborantlar | 0 |
Muhandis-texnik xodimlar | 0 |
Ilmiy kengash azolari | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |
3-kurs | 0 | 0 | 0 |
4-kurs | 0 | 0 | 0 |
5-kurs | 0 | 0 | 0 |
6-kurs | 0 | 0 | 0 |
7-kurs | 0 | 0 | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |
100174, Toshkent sh., Olmazor tumani., Universitet ko‘chasi., 7-uy
Ishonch telefon: +998 (71) 203-32-233
Email: info@mininnovation.uz