О портале

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
Tерритория:
Toshkent shahar
Тип организации:
Agentlik
Адрес:
Forobiy ko'chasi, 333A
Индекс:
100049
Телефон:
+998 71 246-37-78
Факс:
+998 71 150-63-53
Электронная почта:
Веб-сайт:
Подведомственные научно-исследовательские институты:
2
Дата образования

2019 yil 24 aprel

Цель организации

"O‘zstandart” agentligi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”, “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amaliy jihatdan amalga oshirilishini ta’minlash sohasida: texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini o‘z vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi; umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, mazkur reglamentlarni bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan mahsulot namunalarini olish, sinovlar va o‘lchash usullarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi; umumiy va maxsus texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘z vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi; mahsulotlar standartlarini va ularga o‘zgartirishlar, shuningdek, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya bo‘yicha normalar va qoidalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi; bir turdagi mahsulotlar uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha tarmoq tuzilmalarini tashkil etishga ko‘maklashadi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni ta’minlaydi; xalqaro va davlatlararo ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi; O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini qo‘llanish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Миссия организации

"Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”, “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amaliy jihatdan amalga oshirilishini ta’minlash; standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiyadan o‘tkazish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish; standartlashtirish, o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya tizimlarining faoliyatini va rivojlanishini hamda mazkur sohalarda ilmiy-texnik axborotni tarqatish, shuningdek, ularnining xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash; mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning sifati va xavfsizlik talablariga rioya qilinishi va iste’molchilar huquqlarini noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish; texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish; mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish; mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va mahsulotlarni texnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish; eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yo‘naltirilgan hamkorlikni faollashtirish; texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda ularning samaradorligini oshirish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish; texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish; texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya masalalarida tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama ko‘maklashish; texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning talablariga, o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishi va to‘g‘riligi ta’minlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzurida tashkil etiladigan standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda ta’minlash; standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning xalqaro talablar bilan zarur uyg‘unlashtirish darajasiga erishish."

Краткое описание

"O‘zstandart"" agentligi O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy organ hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. ""O‘zstandart"" agentligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga shuningdek, Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi. ""O‘zstandart"" agentligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisobraqamlariga ega.

Sattarov Dilshod Nematovich

Bosh direktor

(71) 202-00-11

uzst@standart.uz

Shukurov Jasur Nigmatovich

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori o'rinbosari

+998 71 202-00-11

uzst@standart.uz

Факультеты 0
Количество профессоров и преподавателей 0
Студенты 0
Бакалавриат 0
Магистратура 0
Административный персонал 0
Старшие научные сотрудники 0
Младшие научные сотрудники 0
Лаборанты 0
Инженеры и техники 0
Члены Ученого совета 0
КОНТИНГЕНТ БАКАЛАВРОВ
Kurslar Бюджет государства На договорной основе Всего
1-kurs 0 0 0
2-kurs 0 0 0
3-kurs 0 0 0
4-kurs 0 0 0
5-kurs 0 0 0
6-kurs 0 0 0
7-kurs 0 0 0
КОНТИНГЕНТ МАГИСТРАТУРЫ
Kurslar Бюджет государства На договорной основе Всего
1-kurs 0 0 0
2-kurs 0 0 0
Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti
Tерритория:
Ташкент -Сити
Тип организации:
Ilmiy-tadqiqot instituti
Адрес:
Cho‘pon ota ko‘chasi 9 v uy
Индекс:
100200
Телефон:
+998 78 150-26-03
Факс:
+998 71 255-08-31
Электронная почта:
Веб-сайт:
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti
Tерритория:
Ташкент -Сити
Тип организации:
Ilmiy markaz
Адрес:
Farobiy ko‘chasi, 333 “a” uy
Индекс:
100174
Телефон:
(998-78) 150-26-03
Факс:
(998-78) 150-26-03
Электронная почта:
Веб-сайт: