2017 yil 7 noyabr
" Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: farmatsevtika tarmog‘ini, jumladan uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rtacha va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan takliflar kiritadi; farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishning respublika va hududiy dasturlarini, shu jumladan, farmatsevtika tarmog‘ining erkin iqtisodiy zonalar hududlariga mo‘ljallangan dasturlarni davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalangan holda ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari faoliyatiga ko‘maklashadi, ijtimoiy ahamiyatli dori vositalari va tibbiy buyumlarning import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarini tashkil qilish bo‘yicha investitsiya dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi; farmatsevtika bozori konyunkturasini o‘rganishni tashkillashtirish, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va uning asosida ichki bozorni yanada to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish sohasida: farmatsevtika bozorining marketing tadqiqotlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi, talab katta bo‘lgan dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnikani, ularni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish yoki mavjud ishlab chiqarishlarga tuzatishlar kiritish maqsadida aniqlaydi; mahalliy dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnikani tashqi bozorlarga chiqarishga ko‘maklashadi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda talab katta bo‘lgan dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi; aholi va davlat sog‘liqni saqlash muassasalarining dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qiladi; dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiyot texnikasi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi; import o‘rnini bosuvchi ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;"
"Farmatsevtika tarmog‘ini, jumladan uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; ➖ farmatsevtika bozori konyunkturasini o‘rganishni tashkillashtirish, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va uning asosida ichki bozorni yana-da to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; ➖ tarmoq korxonalariga yetakchi xorijiy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ko‘maklashish; ➖ farmatsevtika tarmog‘ini, shu jumladan farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash (dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bundan mustasno) yo‘li bilan davlat tomonidan boshqarish; ➖ farmatsevtika tarmog‘iga ilg‘or xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish; ➖ import qilinayotgan va respublika hududida ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari to‘g‘risida to‘liq axborot yig‘ishni taʼminlovchi Farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olish axborot tizimini joriy qilishda ishtirok etish;
Farmatsevtika faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari bilan taʼminlanganlik darajasini yana-da oshirish, ularning ishlab chiqarilishi, olib kirilishi va sotilishini muvofiqlashtirishning yagona tizimini joriy etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 noyabridagi “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 5229-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi tashkil etildi.
Direktorning birinchi o‘rinbosari
farmagentlik@minzdrav.uz
Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi
+998 71 203-81-81
Faculties | 0 |
Number of professor teachers | 0 |
Students | 0 |
Bachelor's degree | 0 |
Master's degree | 0 |
Administrative staff | 0 |
Senior researchers | 0 |
Junior researchers | 0 |
Laboratory assistants | 0 |
Engineers and technicians | 0 |
Members of the Academic Council | 0 |
Kurslar | State budget | On a contractual basis | Total |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |
3-kurs | 0 | 0 | 0 |
4-kurs | 0 | 0 | 0 |
5-kurs | 0 | 0 | 0 |
6-kurs | 0 | 0 | 0 |
7-kurs | 0 | 0 | 0 |
Kurslar | State budget | On a contractual basis | Total |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |