1935 yil 14 sentyabr
Hozirgi tez oʻzgarayotgan globallashuv davrida oʻzbek tili va adabiyotining oʻziga xos betakror xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti, uning bugungi holati va istiqboli bilan bogʻliq masalalarni chuqur oʻrganish; · bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini kuchaytirish; · ta’lim-tarbiya tizimining barcha boʻgʻinlarida oʻzbek tili va adabiyoti fanini oʻqitishning sifatini tubdan oshirish; · ushbu soha boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashning sifatini tubdan oshirish.
Xalqimizning milliy ruhi va oʻzligining, madaniy-ma’rifiy olami, milliy gʻoyasining asosi hisoblangan ona tili va adabiyotini yanada rivojlantirish; · Oʻlkamiz qaramlik changaliga tushib qolgan istibdod davrlarida ona tilimizning rivojlanish imkoniyatlarining cheklanishi oqibatida shakllangan asoratli muammolarni bartaraf etish; · Qadimiy va boy tarixga ega oʻzbek tilining tarixiy shakllanish va zamonaviy rivojlanish jarayonlarini chuqur tadqiq etishni yoʻlga qoʻyish; · Ajdodlardan avlodlarga oʻtib kelayotgan bebaho ma’naviy boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitish, nufuzini oshirish; · Oʻzbek tili va adabiyotining xalqimiz, jamiyatimizning ma’naviy rivojida, zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan oʻrni va roli bilan bogʻliq dolzarb mavzularda muhim ilmiy tadqiqotlar amalga oshirishni rivojlantirish; · Zamon talablariga mos lugʻat va qomuslar, risola va darsliklar nashrini yoʻlga qoʻyish; · Oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha mutaxassislar, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, mazkur yoʻnalishda faoliyat olib borayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratish; · Ona tilimizning qoʻllanish doirasini kengaytirish, uning tarixiy ildizlarini chuqur oʻrganish va ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish; · Fundamental fanlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish va shu kabi oʻta muhim tarmoqlarda oʻzbek tili oʻzining haqiqiy oʻrnini egallashiga erishish; · Zamonaviy darsliklar, etimologik va qiyosiy lugʻatlar yaratish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish kabi muhim masalalarni qamrab oladi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti respublikamizdagi yirik ilmiy-ma`rifiy markazlardan biri bo`lib, o`z boy tarixi va shakllangan ijobiy an`analariga ega. Universitetning yuqori malakali ilmiy-pedagoglar jamoasi talabalarga sifatli bilimlar berishmoqda. O’quv binolari, laboratoriyalar, axborot resurs markazi, elektron biblioteka, axborot texnologiyalari markazi, tipografiya, sport kompleksi, muzey, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari, o`quv-sog`lomlashtirish lageri, talabalar turar joylari va oshxonalar talabalar va professor-o`qituvchilar ixtiyorida.
MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR BO`YICHA PROREKTOR
+998 71 255-70-33
Faculties | 0 |
Number of professor teachers | 0 |
Students | 8425 |
Bachelor's degree | 8066 |
Master's degree | 359 |
Administrative staff | 0 |
Senior researchers | 0 |
Junior researchers | 0 |
Laboratory assistants | 0 |
Engineers and technicians | 0 |
Members of the Academic Council | 0 |
Kurslar | State budget | On a contractual basis | Total |
---|---|---|---|
1-kurs | 531 | 1363 | 1894 |
2-kurs | 609 | 1246 | 1855 |
3-kurs | 714 | 1438 | 2152 |
4-kurs | 810 | 1355 | 2165 |
5-kurs | 0 | 0 | 0 |
6-kurs | 0 | 0 | 0 |
7-kurs | 0 | 0 | 0 |
Kurslar | State budget | On a contractual basis | Total |
---|---|---|---|
1-kurs | 42 | 125 | 167 |
2-kurs | 45 | 147 | 192 |