1998 yil 24 fevral
Shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy-ahloqiy kamol topishiga bo‘lgan ehtiyojlarini oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ma’lumot olishi orqali erishishni qondirish; - to‘qimachilik, yengil sanoat va matbaa sanoati tarmoqlari uchun texnologik mashina va acbob-uskunalar, kimyo texnologiyalari, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish,oziq-ovqat texnalogiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash; - institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy ilmiy-tadqiqotlar ishlarni ro‘yobga chiqarish uchun zamonaviy ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish; - umumtexnika va texnika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali ilmiypedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv jarayonlarini ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyati bilan chuqur integratsiyalash
Yoshlarni milliy, vatanparvarlik va fidoiylik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma’naviy boy, har tomonlama kamol topgan, mustaqil dunyoqarashga va mustaqil fikrlashga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash; - ilmiy-pedagogik xodimlar va ta’lim oluvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish; -iqtisodiyotning muvofiq sohalaridagi oliy ma’lumotli mutaxassislarni va ilmiy -pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; - jamiyatning axloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va boyitish; - aholi o‘rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy darajasini ko‘tarish.
Namangan muhandislik-texnologiya instituti mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ko‘zga ko‘ringan ilm va ziyo maskani bo‘lib, hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari oliy o‘quv yurtlari orasida munosib o‘rin tutadi. Chunki institutning kechgan 45 yildan ziyodroq tarixi O‘zbekistondagina emas, butun Markaziy Osiyo, balki undan ham kengroq, jo‘g‘rofiy mintaqadagi mutaxassis kadrlar tarbiya topgan nufuzli maskan — Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining shonli yo‘li bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero mazkur institutga 1968-yilda asos solingan edi. Binobarin 60-yillarning oxirida Namanganda va butun Farg‘ona vodiysida to‘qimachilik va yengil sanoatni keskin rivojlantirish, unga ko‘proq malakali mutaxassis kadrlar yetishtirish masalasi bo‘yicha katta ehtiyoj sezilardi. Bu ehtiyoj asosida yirik institut shaxobchasining ochilishi o‘sha davr uchun g‘oyat muhim ijtimoiy va madaniy hodisa bo‘ldi.
YOSHLAR BILAN ISHLASH BO'YICHA PROREKTOR
+998 69 234-08-62
ILMIY ISHLAR VA INNOVATSIYALAR BO’YICHA PROREKTOR
+998 69 234-14-85
Faculties | 0 |
Number of professor teachers | 0 |
Students | 4932 |
Bachelor's degree | 4913 |
Master's degree | 19 |
Administrative staff | 0 |
Senior researchers | 0 |
Junior researchers | 0 |
Laboratory assistants | 0 |
Engineers and technicians | 0 |
Members of the Academic Council | 0 |
Kurslar | State budget | On a contractual basis | Total |
---|---|---|---|
1-kurs | 313 | 1629 | 1942 |
2-kurs | 161 | 728 | 889 |
3-kurs | 229 | 606 | 835 |
4-kurs | 323 | 924 | 1247 |
5-kurs | 0 | 0 | 0 |
6-kurs | 0 | 0 | 0 |
7-kurs | 0 | 0 | 0 |
Kurslar | State budget | On a contractual basis | Total |
---|---|---|---|
1-kurs | 3 | 9 | 12 |
2-kurs | 3 | 4 | 7 |