Urganch Davlat Universiteti

Urganch Davlat Universiteti
Territory:
Xorazm viloyati
Type of organization:
Universitet
Address:
Alimdjan ko'cha, 14-uy
Postcode:
100080
Phone :
+998 62 224-67-00
Fax:
+998 62 224-67-00
E-Mail:
Website:
Date of formation

1942 yil 1 sentyabr

The purpose of the organization

Jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy tarixiy va madaniy merosimizga, milliy anьanalarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, keng fikrli, sog’lom, jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan barkamol, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy sohalardagi islohotlarning mohiyatini tushunadigan hamda ularni yangi ijtimoiy munosabatlar orqali hayotga tapg’ib eta oladigan shaxslarni shakllantirish bo’lim faoliyati maqsadining asosini tashkil etadi.

The mission of the organization

"Talabalar dunyoqarashini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosi asosida ularni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, imon-e’tiqod, mehr-shafqatlilik kabi insoniy fazilatlar misolida har tamonlama barkamol avlodni tarbiyalaydi; - ""Ta’lim to’g’risidagi"" Qonun, ""Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"", Respublika Oliy Majlisi sessiyasi materiallari, Prezident farmonlari, asarlari, nutqlari, Hukumatimiz qarorlari, O’zbekistan Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi qarorlari, buyruq va ko’rsatmalari, ta’lim-tarbiya boshqaruvi organlari me’yoriy hujjatlari talablari asosida o’z ishini amalga oshiradi; -bo’lim universitetda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda guruh murabbiylarining salohiyati va qiziqishlari, topshiriqlarni qay darajada bajara olishlarini hisobga oladi; -talabalarda Vatanga muhabbat, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitutsiyasi va Davlat ramzlariga sadoqat hissini tarbiyalaydi; -ma’naviy, aqliy, jismoniy barkamol, iqtisodiy, huquqiy savodxon, mehnatsevar, iste’dodli yoshlarni aniqlash va tarbiyalash, “Oila, mahalla, universitet” kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish ruhida tarbiyalaydi; -yoshlarimiz ongiga ona-Vatanga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg’ularini singdirib boradi; -qadimiy tarixiy yodgorliklar va mustaqillik davrida bunyod etilgan ma’rifiy maskanlarga, muzey, teatr va ko’rgazmalarga sayohatlar uyushtiradi; - boshqa ta’lim-tarbiya maskanlari ish tajribasini o’rganadi; -Universitet Kengashi, Ma’naviyat va ma’rifat Kengashlariga qo’yilgan masalalarni muhokama qiladi, ularning qarorlarini amalga oshiradi; - tarbiyaviy ishlarga barcha professor-o’qituvchilar jamoasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi b.t. va boshqa tashkilotlar, talabalar, murabbiylar, mahalla va ota-onalarni jalb qiladi, ularning ishlarini muvofiqlashtiradi; - universitetda talabalarning bo’sh vaqtlarini unumli tashkil etish va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni to’g’ri yo’lga qo’yish maqsadida ularni ilmiy, ijodiy, jurnalistika va kasb-hunar to’garaklari hamda sport sektsiyalariga jalb qiladi hamda muntazam ravishda nazorat qilib boradi; - xalqimizning yuksak milliy va umuminsoniy qadriyatlarining jamiyatimiz madaniyati va ma’naviyatining rivojlanishiga ta’siri, ularning dunyoviy, huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati barpo etishda tutgan o’rni va rolini o’rganadi hamda talaba-yoshlarni tarbiyalashda amaliyotda ularning mohiyatini ochib beradi; - respublika aholisi e’tiqod qiladigan barcha dinlarning ma’rifiy tarixiy va ilmiy asoslari to’g’risida alohida chuqur bilimlarni dunyo dinlarining ijobiy xususiyatlari orqali shakllantiradi; - talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish orqali turli zararli g’oyalar ta’siriga berilmaslik, ekstremizm va diniy aqidaparastlikning har qanday shakllari, reaktsion mohiyatini keng tushuntirish, giyohvandlik, axloqsizlik illatlaridan xoli bo’lish muhitini yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda uni hayotga tadbiq etadi; - respublikamizda yashab turgan millat va elatlar o’rtasida do’stlik va totuvlik siyosati asoslarini targ’ib qiladi va ularni mustahkamlash maqsadida keng tushuntirish ishlarini olib boradi; -ta’lim-tarbiyaning talabalar qobiliyati va iste’dodining har tomonlama namoyon bo’lishiga qaratilganligini taьminlovchi jarayonni tashkil etadi, uning mazmunini tubdan yangilab boradi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvor ahamiyatini ta’minlash, shaxs va atrof-muhit munosabatlarini uyg’unlashtirish, talabalarning dunyoqarashi, yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy tafakkurni shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlar belgilaydi; - ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda Vatan va o’z xalqi uchun faxrlanish, uning qadimiy tarixiga hurmat bilan qarash, obod va farovon hayot qurish uchun daxldor va javobgarlik tuyg’ularini tarbiyalashga yo’naltirilgan keng ko’lamli faoliyatini amalga oshiradi; - talabalar jamoasini shakllanishida, ularda insoniylik va mas’uliyat hissini tarbiyalashda demokratlashtirishning chuqurlashuviga tegishli sharoitni vujudga keltirib, ish yuritadi;"

Brief description

Urganch davlat universiteti sobiq Xorazm davlat pedagogika instituti negizida tashkil etilgan. Xorazm davlat pedagogika instituti 1942 yil 1 sentyabrda to‘liq bo‘lmagan oliy ma'lumotli o‘qituvchilar tayyorlaydigan institut bazasida tashkil etilgan. Institutda 4 ta bo‘lim mavjud edi: fizika-matematika, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, tarix. 1991 yilga qadar KSPIda 6 fakultet va 22 kafedra faoliyat ko‘rsatdi. Urganch davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi 356-sonli farmoni bilan sobiq Xorazm davlat pedagogika instituti negizida tashkil etilgan.

Abdullaev Baxrom Ismoilovich

REKTOR

 +998 62 224-67-00

 rektor@urdu.uz

Davletov Sanjar Rajabovich

YOSHLAR BILAN ISHLASH BO'YICHA PROREKTOR

 +998 62 224-66-68

 sanjar@urdu.uz

Xodjaniyozov Sardor Umarovich

O`QUV ISHLARI BO`YICHA PROREKTOR

 +998 62 224-66-20

 sardor@urdu.uz

Atajanov Alisher Omonboyevich

Moliya va iqtisod ishlari bo`yicha prorektor

 +998 62 224-66-36

 alisher@urdu.uz

Ibragimov Zafar Shavkatovich

ILMIY ISHLAR VA INNOVATSIYALAR BO`YICHA PROREKTOR

 +998 62 224-66-21

 zafar@urdu.uz

O‘razboyev G‘ayrat O‘razaliyevich

XALQARO HAMKORLIK BO‘YICHA PROREKTOR

 +998 62 224-66-11

 gayrat71@mail.ru

Faculties 0
Number of professor teachers 0
Students 16893
Bachelor's degree 16490
Master's degree 403
Administrative staff 0
Senior researchers 0
Junior researchers 0
Laboratory assistants 0
Engineers and technicians 0
Members of the Academic Council 0
BACHELOR'S CONTINGENT
Kurslar State budget On a contractual basis Total
1-kurs 1076 3785 4861
2-kurs 776 3941 4717
3-kurs 676 3453 4129
4-kurs 547 2236 2783
5-kurs 0 0 0
6-kurs 0 0 0
7-kurs 0 0 0
MASTER'S CONTINGENTS
Kurslar State budget On a contractual basis Total
1-kurs 106 73 179
2-kurs 76 148 224