1943-yilda
Garmonik analiz, differensial va psevdodifferensial operatorlarning spektral nazariyasi, Furye va veyvlet almashtirishlari, kasr tartibli operatorlar,кlassik gipergeometrik funksiya,konfluent gipergeometrik funksiya, umumlashgan gipergeometrik funksiya, pFq Appel, Gorn va Laurichella funksiyalari, fundamental yechim, chegarada buziladigan elliptik, parabolik va giperbolik tenglamalar, aralash tipdagi tenglamalar uchun masalalar,buziladigan elliptik va giperbolik tipdagi tenglamalar,maxsus funksiyalar, kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to’g’ri va teskari masalalar, ikkinchi darajali va yuqori tartibli aralash tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy masalalar, matematik fizikaning klassik bo'lmagan tenglamalari uchun teskari masalalar, differentsial operatorlarning spektral nazariyasi, evolyutsion tenglamalar uchun chegaraviy masalalar.
Ilmiy natijalardan ilm-fanning turdosh sohalarida va iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishni; Institutning muayyan yo‘nalishlarini fundamental izlanishlardan amaliy izlanishlarga qayta yo‘naltirishni; iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun matematika bo‘yicha oliy malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish nazarda tutilgan matematika fanlarini rivojlantirishning maqsadli dasturi tasdiqlandi; Institutning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan aniq ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi tasdiqlandi. Bunda fundamental tadqiqotlar bilan birgalikda amaliy matematikaga alohida e'tibor qaratilgan; Institutning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) birinchi marta ishlab chiqildi va tasdiqlandi, ular rahbariyat, har bir ilmiy xodim va umuman Institutning mamlakatda matematika fanlari rivojlanishiga real shaxsiy hissasini xolisona baholash imkonini beradi; xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va Institut ilmiy xodimlari malakasini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari tasdiqlandi.Hamkorlikning ilmiy yo‘nalishlari 18 ta mamlakatda, shu jumladan, MDH mamlakatlari, Yevropa, Amerika va Osiyoning yetakchi ilmiy muassasalarida ta'lim olish va tajriba orttirishni nazarda tutadi.
. Dastlab Matematika va mexanika instituti deb nomlanib, matematika, mexanika, nazariy geofizika, seysmologiya boʻyicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilgan. 1964 yilda Matematika institutining boʻlimlari asosida Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, Kibernetika instituti, seysmologiya instituti tashkil boʻldi. Hozirgi kunda Matematika institutida algebra va analiz, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, hisoblash mat.kasi, matematik fizikaning noklassik tenglamalari, amaliy mat. boʻlimlari bor. Institutda 60 dan ortiq ilmiy xodim faoliyat koʻrsatadi. Institutda jahonga mashhur ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, xususiy hosila differensial tenglamalar, funksional analiz ilmiy maktablari yaratilgan. Bu maktablarning tashkil boʻlishi va rivojlanishiga akademik V. I. Romanovskiy, T. A. Sarimsokov, S. H. Sirojiddi-nov, I. S. Arjanix hissa qoʻshgan boʻlsa, hozirgi kunda akademik T. J. Joʻrayev, M. S. Salohiddinov, Sh. A. Ayupov, T. A. Azlarov, Sh. Q. Farmonovlar ularning davomchilari. Institutda 40 dan ortiq fan doktori, 300 dan koʻproq fan nomzodlari tay-yorlangan. Institut xodimlarining tadqiqotlari 75 monografiya, 130 ilmiy toʻplamlarda, 10 dan ortiq darsliklarda, shuningdek, mamlakatimizdagi va xorijdagi obroʻli ilmiy jurnallarda bosilgan koʻplab maqolalarida aksini topgan. Matematik olimlar ishlarini yorituvchi "Oʻzbek matematika jurnali" institut tomonidan nashr qilinadi, maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan "Fizika, matematika va informatika" ilmiyuslubiy jurnali institut otaligida chop etiladi.
Faculties | 0 |
Number of professor teachers | 0 |
Students | 0 |
Bachelor's degree | 0 |
Master's degree | 0 |
Administrative staff | 0 |
Senior researchers | 0 |
Junior researchers | 0 |
Laboratory assistants | 0 |
Engineers and technicians | 0 |
Members of the Academic Council | 0 |
Kurslar | State budget | On a contractual basis | Total |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |
3-kurs | 0 | 0 | 0 |
4-kurs | 0 | 0 | 0 |
5-kurs | 0 | 0 | 0 |
6-kurs | 0 | 0 | 0 |
7-kurs | 0 | 0 | 0 |
Kurslar | State budget | On a contractual basis | Total |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |