1996-yil 18-oktabr
Muzeyning asosiy maqsadi – Amir Temur va Temuriylar davrida ilm -fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettirish va keng targ‘ib qilish, chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an’analarimiz asosida yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va milliy istiqlol g‘oyasini singdirishdir.
Muzey binosi o‘zida Temuriylar davri va zamonaviy me’morchilik san’ati uslublarini mujassamlashtirgan. Binoga keng zinalar va ikki qavatli muhtasham o‘yma naqshinkor eshiklardan kirib boriladi. Bino Amir Temur davridagi saroylar ko‘rinishida qurilgan bo‘lib, doira shaklida, katta qubbali gumbazi, ko‘p ustunli ochiq ayvoni bor. Imoratning butun aylanasi bo‘ylab joylashgan yarim ochiq ayvoni salobatli, balandligi 10 metr bo‘lgan oq rangli ustunlar bilan bezatilgan.
" Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida bunyod etilgan tarix muzeyi (1996). Muzey binosi oʻrta asr meʼmorligi anʼanalari asosida aylana tarxli, tomi gumbazli qilib, maxsus temirbetondan yaxlit supa ustiga qurilgan. Bino 3 qavatli, bal. 31 m (diametri — tashqi tomoni 70 m, ichkisi 50 m), uni qurishda temir ustun, gʻisht, turli beton blok va yengil tayyorlangan sunʼiy qurilish uskunalari qoʻllanilgan. Devor yuzasini pardozlashda ganch, marmar va sopol koshinlar ishlatilgan. Qurilishda Toshkent sh. hokimiyati, ""Turon"" firmasi, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasi, ""Oniks"" korxonasi (30 dan ortiq kattakichik hajmdagi billur qandillar, 500 ta yoritgichli, ogʻirligi 2 t, bal. 8 m ""Zumrad"" qandil ishlab bergan), ""Us to"" birlashmasi qatnashgan.Muzeyga marmar zinalar orqali bosh tarzi (Amir Temur xiyobonidan)dagi 3 eshikdan kiriladi. 14 ta yogʻoch oʻymakorligidagi eshik oʻziga xos. Atrofi peshayvonli, qator ustunli (20 ta, bal. 10 m, muqarnas boshali, poyustuni kulrang marmardan ishlangan), turunjlari sirkori sopol bilan bezatilgan, binoning tashqi devori yuzasida ""suls"" uslubida insonni yaxshilikka undovchi soʻzlar bitilgan. Bino asosida foye, magazinlar, maʼmuriyat, vestibyul, kassa, axborotmaʼruza zali va boshqa texnik xizmat xonalari joylashgan. 1qavatda koʻrgazma va kinoleksiya zali (200 oʻrindiqli) bor. 2qavatdagi koʻrgazma zali 8 boʻlimdan iborat. Koʻrgazma zalidagi Temuriylar tarixiga oid noyob eksponatlar Oʻzbekiston viloyatlaridagi yirik muzeylardan keltirilgan, shuningdek, 1996 yilda Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan koʻrgazmadagi eksponatlar ham muzeyga oʻtkazilgan. Muzeyda arxeologiya, etn., numizmatika yodgorliklari, qoʻlyozmalar, tasviriy sanʼat namunalari bor. Shuningdek, I. Karimovning Amir Temurga boʻlgan hurmatini ifodalovchi dil soʻzlari va ""Temur tuzuklari""dan keltirilgan iboralar eksponatlarni mazmunan boyitgan.Koʻrgazma zalining markazidagi devoriy tasvirdan ""Buyuk Sohibqiron — buyuk bunyodkor"" nomli 3 qismdan iborat asar oʻrin olgan. Birinchisi — ""Tugʻilish"" qismida Sohibqironning tugʻilishi bilan bogʻliq urfodatlar ramziy tasvirlarda ifodalangan. Ikkinchisi — ""Yuksalish""da ""Rosti—rasti"" (""Toʻgʻrilik najotdir"") degan shior oltin harflar bilan bitilgan. Bu qismning markazida taxtda oʻtirgan Sohibqironning vazir, ulamo, harbiy aʼyonlar davrasidagi mashvaratlari aks ettirilgan. Pastroqda esa Sohibqironning nabira va abiralari (Muhammad Sulton, Ulugʻbek, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur) bobolaridan meros qolgan tuzuklarni mutolaa qilayotganlari va Amir Temur yaratgan meʼmoriy obidalar tasvirlangan. Uchinchisi — ""Faxrlanish"" boʻlimida merosning avloddanavlodga oʻtib kelayotganlik gʻoyasi oʻz aksini topgan. Muzeyga har yili 100 mingdan ziyod tomoshabin kiradi.
Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
+998 71 232 01 44
Umumiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
+998 71 232 02 13
Fakultetlar | 0 |
Professor-o'qituvchilar soni | 0 |
Talabalar | 0 |
Bakalavriat | 0 |
Magistratura | 0 |
Ma’muriy-boshqaruv xodimlar | 0 |
Katta ilmiy xodimlar | 0 |
Kichik ilmiy xodimlar | 0 |
Laborantlar | 0 |
Muhandis-texnik xodimlar | 0 |
Ilmiy kengash azolari | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |
3-kurs | 0 | 0 | 0 |
4-kurs | 0 | 0 | 0 |
5-kurs | 0 | 0 | 0 |
6-kurs | 0 | 0 | 0 |
7-kurs | 0 | 0 | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |