Дата образования
2017 yil 17 fevral
Цель организации
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz O‘zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish samaradorligini, mazkur sohada ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan hamda jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi maqomidagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashining ishchi organi hisoblanadi.
Миссия организации
"Markazda Tarix bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-metodik adabiyotlarni ekspertizadan o‘tkazish; Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘quv, ilmiy-metodik adabiyotlarni tayyorlash; O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha xorijiy tadqiqotlar monitoringi va tahlili bo‘limlari faoliyat yuritadi."
Краткое описание
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevralda imzolangan «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-2789-sonli qaroriga asosan, bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalari Fanlar akademiyasi tarkibiga oʼtkazildi. Ularning qatorida akademik institut maqomiga qaytadan ega boʼlgan, tarixiy ilm-fan va taʼlimning barcha boʼgʼini rivojlanishida yetakchi sifatida hissa qoʼshadigan — Tarix instituti bor. Аmalga oshirilayotgan tizimli ishlarning mantiqiy davomi sifatida Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oʼzbekistonning eng yangi tarixi boʼyicha Jamoatchilik kengashi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʼzbekistonning eng yangi tarixi boʼyicha Jamoatchilik kengashiga aylantirildi