1935 yil
"Vatanimiz va jahon ilm-fani va amaliyotining eng yaxshi yutuqlaridan to‘la foydalanishni hisobga olgan holda respublika qorako‘lchiligi hamda yaylovshunosligidagi mavjud eng muhim muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish. Ularning natijalarini cho‘l-yaylov chorvachiligi ishlab chiqarishiga joriy etish; -qorako‘l qo‘ylarinig yuqori mahsuldor zavod tiplarini yaratish, turli qorako‘lchilik hududlarida qorako‘l qo‘ylarning irsiyatini mustahkamlash asosida raqobatbardosh qorako‘l terilari ishlab chiqarishning samarali seleksion–texnologik usullarini takomillashtirsh va joriy etish; -qorako‘l qo‘ylarining genofondini saqlash, genetika biotenlogiya yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib borish;"
"Qorako‘l qo‘ylarni oziqlantirish va saqlash texnologiyasi samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish va joriy etish; -cho‘l hududlarida yaylovlar yaratish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish. Yuqori hosilli yaylovlar yaratish hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish; - cho‘l yaylovlari hosildorligini oshirish imkonini beruvchi ozuqabop o‘simliklari istiqbolli navlarini yaratish va joriy etish;"""
nstitut tarkibida (2005): qora rangli qorakoʻl qoʻylari seleksiyasi va tovarshunoslik; rangli qorakoʻl qoʻylar seleksiyasi, zot monitoringi va mahsulot ishlab chiqarish; qorakoʻl qoʻylari biotexnologiyasi va choʻl-yaylov hayvonlari ekologiyasi, qorakoʻl qoʻylarni suv bilan taʼminlash va oziqlantirish; choʻl yaylovlarining ekologik monitoringi, choʻl oʻsimliklari institutroduksiyasi, seleksiyasi va urugʻchiligi, galofit oʻsimliklar; choʻlda ozuqa ishlab chiqarish, tuyachilik, echkichilik; qorakoʻlchilik menejmenti va marketingi; markaziy tahlil ilmiy-axborot laboratoriyalari, tajriba-konstruk-torlik byurosi bor. Ilmiy-texnika kutubxonasi, qorakoʻl terilari muzeyi, aspirantura boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Ilmiy tadqiqotlar shart-nomalar asosida 30 ta naslchilik zavodlari va naslchilik xoʻjaliklarida, 1 tajriba stansiyasida, 2 tayanch punktida va 4 tajriba dalalarida olib boriladi. Institutda seleksiya-naslchilik tizi-mi, terilarning tovar sifatlarini baholash tizimi va ularni navlash standartlari, qoʻylarni qayta urchi-tish biotexnologiyasi, toʻsiqli madaniy yaylovlar yaratish, qoʻy goʻshti va qorakoʻlcha ishlab chiqarish xoʻjaliklarida qari qoʻylarni boʻrdoqiga boqish texnologiyasi, artezian suvlari manbalarida va hosildorligi yaxshilangan yerlarda yem-xashak ishlab chiqarish texnologiyasi va boshqa boʻyicha muhim ilmiy ishlanmalar bajarilgan. Qorakoʻl qoʻylarining 27 yuqori mahsuldor zavod tiplari, choʻl ozuqa oʻsimliklarining 15 navi yaratildi. Institut xodimlarining ilmiy ishlari, yutuklari uchun 97 mualliflik guvoh-nomalari va patentlar olingan.Institut faoliyati V. M. Yudin, Ye.V. Odinsova, M.A.Koshevoy, A.M.Lisov, R.G.Valiyev, M.D.Zokirov, R.M.Chalbash, Z.Sh.Shamsutdinov, I.B.Atakurbanov, S.Yu.Yusupov, M.Mahmudov va boshqa olimlarning nomlari bilan bogʻliq. Institutning qorakoʻlchilikni rivojlantirishdagi katta ilmiy yutuqlari uchun olimlardan I.N.Dyachkov, V.I.Stoyanovskaya, F.Sharafiddinov, M.A.Koshevoy, P.A.Fadenchev va boshqa Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1970). Institutda 62 ilmiy xodim, shu jumladan, 2 fan doktori, 32 fan nomzodi ishlaydi (2005). Ilmiy ishlar toʻplamlari, ilmiy-amaliy anjumanlar materiallarini nashr etadi. Institut Xalqaro qurgʻoqchilik mintaqalarida qishloq xoʻjaligi boʻyicha tadqiqotlar ilmiy markazi (IK ARDA), AQSH qishloq xoʻjaligi departamenti, Rossiya chorvachilik, Rossiya ozuqa, Qozogʻiston qorakoʻlchilik ilmiy tadqiqotlar institutlari bilan ilmiy hamkorlik qiladi.
Direktorining ilmiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari
+998 66 233-32-79
Direktorining marketing va innovatsiya ishlari boʼyicha oʼrinbosari
+998 66 233-32-79
Fakultetlar | 0 |
Professor-o'qituvchilar soni | 0 |
Talabalar | 0 |
Bakalavriat | 0 |
Magistratura | 0 |
Ma’muriy-boshqaruv xodimlar | 0 |
Katta ilmiy xodimlar | 0 |
Kichik ilmiy xodimlar | 0 |
Laborantlar | 0 |
Muhandis-texnik xodimlar | 0 |
Ilmiy kengash azolari | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |
3-kurs | 0 | 0 | 0 |
4-kurs | 0 | 0 | 0 |
5-kurs | 0 | 0 | 0 |
6-kurs | 0 | 0 | 0 |
7-kurs | 0 | 0 | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |
Yo`q
Yo`q
Yo`q
Yo`q
Yo`q
Yo`q
Yo`q
Yo`q