1957 yil 15 iyun
"Barcha turdagi davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish; qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash; qishloq xo‘jaligi sohasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologiyalar asosida ularning malakasini oshirish;"
"Qishloq xo‘jaligida xususiy sektorni keng jalb etgan holda bilim, malaka va ko‘nikmalarning samarali almashinuvi hamda uzatilishini ta’minlaydigan milliy axborot va maslahat xizmatlari tarmog‘ini rivojlantirish; xalqaro sifat standartlarini joriy qilishda ko‘maklashish, mahsulot yetishtiruvchilar va agrobiznesning o‘zaro hamkorlik platformasini tashkil etish."
"Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardagi axborot va maslahat tizimi asosida ish yuritadigan hududiy agroxizmatlar markazlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy agroxizmatlar markazlari) namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq; Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda tashkil etiladigan hududiy agroxizmatlar markazlari joylashuv manzillari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Qishloq xo‘jaligi vaziriga, zarur hollarda, Milliy markaz, uning tarkibidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va agroxizmatlar markazlarining tuzilmasiga xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin. 3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.X. Toshqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) ushbu qarorga 4-ilovada ko‘rsatilgan ta’lim muassasalarining hududiy agroxizmatlar markazlariga o‘tkazilayotgan bino-inshootlari hamda mol-mulklari, ularning faoliyatini ta’minlashga yetarli qismini belgilangan tartibda operativ boshqaruv huquqi bilan, shuningdek, yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan o‘tkazilishini ta’minlasin. "
Faculties | 0 |
Number of professor teachers | 0 |
Students | 0 |
Bachelor's degree | 0 |
Master's degree | 0 |
Administrative staff | 0 |
Senior researchers | 0 |
Junior researchers | 0 |
Laboratory assistants | 0 |
Engineers and technicians | 0 |
Members of the Academic Council | 0 |
Kurslar | State budget | On a contractual basis | Total |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |
3-kurs | 0 | 0 | 0 |
4-kurs | 0 | 0 | 0 |
5-kurs | 0 | 0 | 0 |
6-kurs | 0 | 0 | 0 |
7-kurs | 0 | 0 | 0 |
Kurslar | State budget | On a contractual basis | Total |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |