Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti
Hudud:
Toshkent viloyati
Tashkilot turi:
Ilmiy-tadqiqot instituti
Manzil:
O‘rtachirchiq tumani, Oq-ota QFY
Indeks:
100200
Telefon:
+998 90 316-05-94
Faks:
+998 90 316-05-94
E-Mail:
Web-sayt:
Tashkil topgan sana

1930 yil

Tashkilotning maqsadi

"Hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos, yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, guruchining yuqori sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ajralib turuvchi sholi navlari va duragaylarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlarni kengaytirish; yangi va istiqbolli sholi navlarining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, urug‘chilikning ilmiy asoslarini ishlab chiqish; sholi yetishtirishda zamonaviy resurstejamkor va suv tejovchi texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish; chet el ilg‘or tajribalarini qo‘llagan holda hosildorlikni oshirish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;"

Tashkilotning vazifasi

" Sholi ekinidagi kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashda atrof-muhitning ekologik muvozanatiga ta’sir etmaydigan usullarni ishlab chiqish; sholi ekinini yetishtirishdagi asosiy agrotexnik tadbirlarni innovatsion texnologiyalar asosida mexanizatsiyalashni joriy etish; sohaning yetakchi xorijiy ilmiy muassasalari bilan qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, sholichilikni rivojlantirish muammolariga bag‘ishlangan loyiha va investitsiyalarni jalb qilish, tajriba almashish, konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlar o‘tkazish; "

Qisqacha tarif

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktoriga, zarur hollarda, filial tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi. Oʻzbekiston sholichilik tajriba styasi (UzROS), 1958 yildan SoyuzNIXIning sholi va boshqalar sugʻoriladigan don ekinlari boʻlimi, 1967 yil dekabrdan Oʻzbekiston sholikorlik ilmiy tekshirish instituti. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi Avangard posyolkasida joylashgan. Institutda 2 boʻlim (seleksiya va agrotexnika), 7 laboratoriya (urugʻchilik; oʻsimliklarni himoya qilish; agrokimyo; oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi; iqtisodiyot; dukkakli don ekinlari; mexanizatsiya), Qoraqalpogʻiston (1967), Andijon (1994) filiallari, Xorazm tayanch punkti (1997) faoliyat koʻrsatadi. institut qoshidagi markaziy tajriba xoʻjaligi 183 ga, Andijon filiali 41,1 ga, Xorazm tayanch punkti 104,5 ga haydalma yer maydoniga ega. institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari: sholining kasalliklarga chidamli, mintaqalarning tuproq, iqlim sharoitlariga mos keladigan, sifatli guruch beradigan serhosil (65— 90 s/ga) nav va duragaylarini yaratish; sholi urugʻchiligining ilmiy asoslarini ishlab chiqish; sholi yetishtirishning ilgʻor texnologiyasini yaratish va amaliyotga tatbiq qilish; sholi kasalliklari va zararkunandalarga, begona oʻtlarga qarshi kurash choratadbirlarining ekologik toza usullarini ishlab chiqish; sholichilikni mexanizatsiyalash; dukkakli don ekinlari (soya, mosh va boshqalar)ning serhosil, kasalliklarga chidamli, ertapishar navlarini yaratish va boshqalar Respublikadagi sholi ekadigan xoʻjaliklarga elita urugʻligi yetkazib beradi. institut olimlari tomonidan sholining UzROS7, UzROS713, UzROS17, Avangard, Nukus2, Qoraqalpogʻiston, Lazurnsh, Alanga, Tolmas, Istiqlol, Istiqbol, Jayhun, makkajoʻxorining Kremnistaya1, Oʻzbekiston, qizil sebarganing UzROS73, soyaning Oʻzbekiston1 va Oʻzbekiston2, Doʻstlik, moshning Radost navlari yaratildi va respublikada rayonlashtirildi. institut faoliyati X.U. Oʻrmonova, M.P.Sborshchikova, N.I. Kosarev, P. G., Korshenboy, I.I.Uspenskaya, A.Ye.Shin, R.X.Haydarov, U.I.Yormatov, M.T.Kogay, M.M.Saltas, I.A.Somov, U.M.Mullajonov, P.A. Pulina, T.Boboniyozov, T.E.Ishoqov, S.Rixsiyeva, U. Abilbayev, Gʻ.N. Rahimov, Z.N.Jumanov va boshqalar olimlarning nomlari bilan bogʻliq. Institutda yaratilgan Nuqus2 sholi navi mualliflari (P.A.Pulina, T.Boboniyozov, S.Rixsiyeva) Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻlganlar (1989). Institutda ilmiy kutubxona, aspirantura, ilmiy kengash mavjud. Ilmiy ishlar toʻplami, ilmiy maqolalar nashr etadi

Sattarov Mas'udjon Axtamovich

Direktor

+998 90 316-05-94

sholi.iti@agro.uz

Fakultetlar 0
Professor-o'qituvchilar soni 0
Talabalar 0
Bakalavriat 0
Magistratura 0
Ma’muriy-boshqaruv xodimlar 0
Katta ilmiy xodimlar 0
Kichik ilmiy xodimlar 0
Laborantlar 0
Muhandis-texnik xodimlar 0
Ilmiy kengash azolari 0
BAKALAVRIAT KONTINGENTI
Kurslar Davlat byudjeti Shartnoma asosida Jami
1-kurs 0 0 0
2-kurs 0 0 0
3-kurs 0 0 0
4-kurs 0 0 0
5-kurs 0 0 0
6-kurs 0 0 0
7-kurs 0 0 0
MAGISTRATURA KONTINGENTI
Kurslar Davlat byudjeti Shartnoma asosida Jami
1-kurs 0 0 0
2-kurs 0 0 0