О портале

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
Tерритория:
Toshkent shahar
Тип организации:
Tizim tashkilot
Адрес:
Olmazor tumani, Universitet ko'chasi, 7-uy
Индекс:
100174
Телефон:
+998 95 177-40-41
Факс:
+998 95 177-40-41
Электронная почта:
Веб-сайт:

Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari: innovatsion faoliyat sub’ektlari tomonidan innovatsiyalarni yaratish va ularni joriy qilishni tanlov asosida moliyalashtirish; ilmiy-tadqiqot, innovatsion, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarini tanlov asosida moliyalashtirish; ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni moliyalashtirish; ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy yuqori texnologiyaga asoslangan asbob-uskunalar bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash), shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish; ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni (patentlarni) xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va patentni saqlab turish xarajatlarini qoplash; ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining yetakchi elektron ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek, xalqaro nashrlarda ilmiy natijalarni chop etishga tayyorlash boʻyicha xarajatlarni toʻlash; Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar akademiyasi) faoliyatini tashkil etish va uning asosiy vazifalarini roʻyobga chiqarish tadbirlarini, shu jumladan ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarning tashkil etish, iqtidorli yoshlarning rivojlangan davlatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malakasini oshirish, ilmiy-amaliy tadbirlar (simpozium, konferensiya, seminar, trening, davra suhbatlari, master-klasslar va boshqalar) tashkil etish hamda ularning xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashish xarajatlarini moliyalashtirish; yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlardagi (markazlar, universitetlar va boshqalar)dagi ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish; Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan jalb qilinayotgan yuqori malakali xorijiy davlatlar mutaxassislarining xarajatlarini (mehnatga haq toʻlash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish; Vazirlikning Ilmiy-texnika axborot markazini, nashriyotini, shuningdek, Vazirlik qaroriga binoan tashkil etiladigan ilmiy kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish boʻyicha idoraviy ilmiy hamda oʻquv markazlarini, maslahat va axborot markazlarini, ilmiy laboratoriyalarni ularning xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlarini hisobga olgan holda moliyalashtirish hamda moddiy-texnik jihatdan ta’minlash; Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari hamda Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, shu jumladan ularning xodimlari malakasini oshirish va xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari xarajatlarini moliyalashtirish; Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari hamda Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish; boshqa tadbirlarni, shu jumladan Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish.

Факультеты 0
Количество профессоров и преподавателей 0
Студенты 0
Бакалавриат 0
Магистратура 0
Административный персонал 0
Старшие научные сотрудники 0
Младшие научные сотрудники 0
Лаборанты 0
Инженеры и техники 0
Члены Ученого совета 0
КОНТИНГЕНТ БАКАЛАВРОВ
Kurslar Бюджет государства На договорной основе Всего
1-kurs 0 0 0
2-kurs 0 0 0
3-kurs 0 0 0
4-kurs 0 0 0
5-kurs 0 0 0
6-kurs 0 0 0
7-kurs 0 0 0
КОНТИНГЕНТ МАГИСТРАТУРЫ
Kurslar Бюджет государства На договорной основе Всего
1-kurs 0 0 0
2-kurs 0 0 0