O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6000-son Farmoniga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Madaniyat vazirligi) faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida: “Axborot va kompyuter texnologiyalari markazi” davlat muassasasi “Yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va axborot-multimedia markazi” davlat muassasasi etib qayta nomlansin; Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi hamda Yoshlar madaniyat va san’at markazi tugatilsin, ularning budjetdan moliyalashtiriladigan shtat birliklari, balansida bo‘lgan binolar hamda boshqa moddiy-texnika vositalari Madaniyat vazirligiga o‘tkazilsin; Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) va uning barcha hududiy boshqarmalari tuzilmasida tegishlicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Badiiy ekspertiza boshqarmasi hamda badiiy ekspertiza bo‘limlari tashkil etilsin; Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi, uning hududiy bo‘limlari tugatilsin, ularning mavjud shtat birliklari hamda mol-mulklari moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda tegishlicha Departament hamda uning hududiy boshqarmalariga, pul mablag‘lari esa — Departamentning budjetdan tashqari Madaniy meros jamg‘armasiga o‘tkazilsin; Madaniyat vazirligi huzuridagi “Madaniy meros ta’mirlash-tiklash” davlat unitar korxonasi hamda Departament huzuridagi “Meros chashmasi” davlat unitar korxonasi tugatilsin, ularga xo‘jalik yuritish, operativ boshqaruv va doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli bo‘lgan binolar hamda boshqa moddiy-texnika vositalari belgilangan tartibda Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga o‘tkazilsin;
Fakultetlar | 0 |
Professor-o'qituvchilar soni | 0 |
Talabalar | 0 |
Bakalavriat | 0 |
Magistratura | 0 |
Ma’muriy-boshqaruv xodimlar | 0 |
Katta ilmiy xodimlar | 0 |
Kichik ilmiy xodimlar | 0 |
Laborantlar | 0 |
Muhandis-texnik xodimlar | 0 |
Ilmiy kengash azolari | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |
3-kurs | 0 | 0 | 0 |
4-kurs | 0 | 0 | 0 |
5-kurs | 0 | 0 | 0 |
6-kurs | 0 | 0 | 0 |
7-kurs | 0 | 0 | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |
100174, Toshkent sh., Olmazor tumani., Universitet ko‘chasi., 7-uy
Ishonch telefon: +998 (71) 203-32-233
Email: info@mininnovation.uz