Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (qisqartmasi: Oʻzbekiston FA yoki OʻzFA), toʻliq nomi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston milliy akademiyasidir. Akademiya 1943-yilning noyabrida ochilgan. Bugungi kunda Xalqaro Ilmiy Ittifoq (ICSU), Xalqaro Radioittifoq (URSI) va Xalqaro Astronomik Ittifoq (IAU) aʼzosidir.
Oʻzbekiston FA — mamlakatning oliy ilmiy tashkiloti. Akademiklar va uning xorijiy aʼzolarini hamda oʻz tasarrufidagi ilmiy muassasalar ilmiy xodimlari va mutaxassislarini birlashtiradi. Asosiy vazifasi fan va texnika sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash, davlat va jamiyat taraqqiyotini taʼminlovchi istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha fundamental ilmiy tekshirish va ilgʻor texnologiyalarni rivojlantirish strategiyasini belgilash, tabiiy, texnikaviy, tibbiy, ijtimoiygumanitar fanlar sohasida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va maʼnaviymaʼrifiy rivojiga koʻmaklashuvchi fundamental tadqiqotlar olib borishdan iborat. FA fan, texnika, madaniyat va maʼrifat sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradi, ilmiy ishlanmalarni muvofiqlashtiradi va ularga samarali rahbarlikni taʼminlaydi, davlatning intellektual, iqtisodiy va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan fan va keng qamrovli ilmiy texnologiya yutuqlarini oʻz vaqtida ishlab chiqarishga joriy etadi. Oʻzbekiston FA har yili oʻz faoliyati toʻgrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqsim etadi.
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq mintaqaviy bo‘limi Ulug'bek nomidagi Astronomiya instituti Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti Akademik S.A.Azimov nomidagi «Fizika-quyosh» IICHB materialshunoslik instituti Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti RT-70 Radiorasadxonasi Umumiy va noorganik kimyo instituti Akademik S.Yu. Yunusov nomidagi o’simlik moddalari kimyosi instituti Akademik O.S.Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti Mikrobiologiya instituti O’simlik va hayvonot olami genofondi instituti Immunologiya instituti Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi instituti H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti G’.O. Mavlonov nomidagi seysmologiya instituti Genomika va bioinformatika markazi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti Tarix instituti Санъатшунослик институти Yahyo G’ulomov nomidagi arxeologiya instituti O'zbek tili va adabiyoti muzeyi Oʻzbekiston FA 1943 yil 4 noyabrda OʻzFANnegizida tashkil etilgan. T.N. QoriNiyoziy uning birinchi prezidenti qilib saylangan. Akademiya tashkil topgan yili uning tarkibida 11 haqiqiy aʼzosi, 18 muxbir aʼzosi hamda 3 faxriy aʼzosi boʻlib, 10 ilmiy tekshirish institutini birlashtirgan. 210 ilmiy xodim, jumladan, 28 fan d-ri va 80 ga yaqin fan nomzodi ishlagan.
Akademiya tashkil topgan davrdan beri uning ilmiy tekshirish muassasalari xodimlarining soni, ilmiy tekshirish ishlarining koʻlami va salmogʻi jihatidan katta tarixiy rivojlanish yoʻlini bosib oʻtdi. Akademiya olimlari tabiat, jamiyat va insoniyat taraqqiyoti, millatlar, milliy madaniyatlar, davlat va milliy munosabatlarning rivojlanish muammolari, taʼlim va maʼrifat masalalari, liberallashtirish sharoitida milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va raqobatbardoshliligini oshirishning metodologik asoslari, mulkiy munosabatlardagi oʻzgarishlar, mehnatni ragʻbatlantirish va aholini ijtimoiy himoyalash muammolari, moliyakredit, soliq va sugʻurta mexanizmini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati va kuchli demokratik davlatni shakllantirish masalalari boʻyicha tadqiqotlar olib boradilar. Akademiya olimlarining Oʻzbekiston oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyatiga asoslanganligi va eng qadimiy sivilizatsiya oʻchoqlaridan biri ekanligi, Oʻzbekiston hududida davlatchilikning ilk koʻrinishlari miloddan avvalgi 2-ming yilliklarda boshlanganligi toʻgʻrisidagi tadqiqotlari katta ahamiyatga ega. Akademiya olimlari fundamental tadqiqotlar ustida ishlash bilan chegaralanibgina qolmay, mamlakat taraqqiyoti uchun zarur boʻlgan zamonaviy asbobuskunalar, tibbiy jihozlar, doridarmon, foydali oʻsimliklarning yangi navlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi vositalar, shuningdek, yer osti boyliklarini qazib olishning yangi texnologiyalarini yaratmoqdalar.