Samarqand davlat chet tillar instituti O‘zbekiston, Samarqand shaxrida joylashgan. O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi eng katta ta'lim dargohlaridan biri hisoblanadi. Samarqand davlat chet tillar instituti (SamDChTI) — roman-german va koreys filologiyasi boʻyicha pedagog-mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurti. Institut Samarqand davlat universiteti bazasida 1994 yilda tashkil topgan. Hozirda institut oliy va o‘rta maxsus taʼlim va xalq taʼlimi sohalariga hamda turizm infratuzilmasiga yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, shuningdek, gid-tarjimonlar tayyorlashning halqaro miqyosda eʼtirof etilgan nufuzli yirik markazlaridan biriga aylandi . Institutda 12 ta yo‘nalishda bakalavriatura, 7 mutaxassislik bo‘yicha magistratura, 5 ixtisoslik bo‘yicha doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda. 350 nafar talabaga mo‘ljallangan zamonaviy talabalar turar joyi, 250 o‘rinli oshxona mavjud.