O‘zbekiston Respublikasida Prezidentining “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi joriy yil 17 apreldagi PQ-4681-son qarori asosida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O‘zbekistonda Oliy ta'lim muassasalari ichida eng yosh ta’lim maskanidir. Institut o‘z faoliyati davomida 3 mingdan ortiq malakali mutaxassislarni tayyorlash orqali xalq xo‘jaligini etuk kadrlar bilan ta'minlash hamda ilm-fanning turli sohalarida jahon e'tirof etgan muvaffaqiyatlarga erishish ko‘zda tutilgan