О портале

Samarqand Veterinariya Meditsinasi Instituti Nukus filiali

Samarqand Veterinariya Meditsinasi Instituti Nukus filiali
Tерритория:
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Тип организации:
Institut
Адрес:
Nukus shahri, A.Utepov ko‘chasi 31-uy
Индекс:
100208
Телефон:
+998 61 224-74-80
Факс:
+998 61 224-74-80
Электронная почта:
Веб-сайт:
Дата образования

2018 yil 13 noyabr

Цель организации

Filialning ta`lim sohasidagi asosiy maqsadi – ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy ko’rsatmalarga, texnologiyalarga, ta`lim olish hamda xizmat ko’rsatishga qaratilgan davlat, jamiyat va buyurtmachilarning talab extiyojlarini kondiradigan sifatli oliy malakali bitiruvchilar bilan domiy ta`minlash. Bundan tashqari filialdabitiruvchilar kompetentligi va malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini ta`minlovchi, oliy ta`limning mutaxassislariga ko’yiladigan davlat ta`lim standartlar talablarini bajarish boshli siyosatlaridan biri hisoblanadi.

Миссия организации

kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va ta’limning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash; milliy musiqa san’ati sohasida yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega bo‘lgan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash; ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish; talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda ularning xorijda ta’lim olishi, ilmiy-ijodiy ishlar bilan shug‘ullanishini samarali tashkil etish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini muntazam asosda yo‘lga qo‘yish; kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, iqtidorli talaba yoshlarni ushbu yo‘nalishga keng jalb etish; soha mutaxassislarini xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka o‘tashlarini tizimli tashkil etish.

Краткое описание

Oliy ta`lim islohatlar sharoitida O’zbekiston Respublikasi agrosektorida, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida yangi iqtisodiy munosabatlar mavkeasi va innovacion rivojlanish yo’li imkoniyatlari saqlanib rivojlanishning yangi bosqichiga ko’tarildi. Samarqand veterinariya medicinasi instituti respublikamizning qishloq xo’jaligida veterinariya medicinasi, veterinariya, zooinjeneriya, biologiya fanlarining rivojlanishiga hissa qo’shayotgan hamda ilmiy, ilmiy pedagogik kadrlar va etuk mutaxassislar tayyorlashda o’z hissasini ko’shib kelayotgan oliy ta`lim muassasalaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15-16 noyabr` kunlari Qoraqalpoǵiston respublikasiga tashrifida Qoraqalpoǵistonda chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik va veterinariya xizmatlarini rivojlantirish va ushbu sohaga oliy ma`lumotli etuk, raxobatbordosh, kadrlarni tayyorlashga katta e`tibor qaratilishini ta`qidlab o’tgan edi. Samarqand veterinariya medicinasi instituti Nukus filiali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 noyabrdagi №926-sonli qarori asosida tashkil etildi. Filialning direktori 2018 yil 1-dekabrida biologiya fanlar doktori (DSc), docent Esimbetov Adilbay Tlepovich tayinlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentiniń 2022 yil 31 martdagi «Veterinariya va chorvachilik tarmoqlarida kadrlar tayyorlash tizimini Samarqand veterinariya medicinasi instituti faoliyati ko’lamini kengaytirish, xalqaro nufuzini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni tizimli olib borish, innovacion ta`lim va texnologiyalar transferini qo’llab-quvvatlash tizimini yaratish, ta`lim va ishlab chiqarishni uzviy boǵlash, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish koncepciyasiga muvofiq belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Samarqand veterinariya medicinasi institutining Toshkent va Nukus filiallari tegishli ravishda Universitetning Toshkent va Nukusfiliallari deb qayta nomlandi. Universitet va SDVU Nukus filiali O’zbeksiton Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi tizimida faoliyat yuritadi. Samarqand davlat veterinariya medicinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga yangi bakalavriat ta`lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro’yxati tasdiqlandi. Samarqand veterinariya medicinasi institutining tarkibidagi Nukus veterinariya medicinasi texnikumi universitet tarkibiga o’tkazildi. Xozirda filial mintaqada veterinariya, chorvachilik, biotexnologiya va agrotexnologiya sohalarida mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan zamonaviy ta`lim yo’nalishlarini inobatga olgan holda, kafedralarining ilmiy faoliyatini soha va tarmoqlar muammolarining echimiga yo’naltirish maqsadida faoliyat olib kelmoqda. O’quv jarayoniga xorijiy professor-o’qituvchilarni tanlov asosida jalb qilish va filial professor-o’qituvchilarining xorijiy oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malakasini oshirish choralari rejalashtirilgan. SDVU Nukus filiali hozirda Nukus shahri A.Otepova ko’chasi 31 joyda umumiy kampus maydoni 3,7 ga joyda joylashgan. Filialda 3 o’quv binosi zamonoviy o’quv xonalari, 4 o’quv laboratoriyasi, 1 ta Veterinariya o’quv tajriba klinikasi, 2 komp`yuter sinfi talabalarning tahsil olishi uchun o’quv adabiyotlari bilan ta`minlangan kutubxonasiga egadir. Filial talabalari uchun sifatli ta`lim berish maqsadida O’zR veterianriya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi, tayanch ta`lim yurti Samarqand davlat veterinariya medicinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Qoraqalpoǵiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalaridan shuningdek, Qoraqalpogiston Respublikasi veterinariya hayvonlar kassaliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari havfsizligi davlat markazi tajoibali professor-o’qituvchilari va mutaxassislari tomanidan gumanitar, tabiiy-ilmiy, umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan dars mashǵulotlari tashkillashtirilgan. Filialda Axborot texnologiyalari bo’limi, filial Kengashi, Boshlanǵich kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar kengashi, Ustoz-murabbiy kengashi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlanǵich tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda filial missiyasi sifatida Qoraqalpoǵiston Respublikasi-ning veterinariya va zooinjeneriya sohasida etuk mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan Respublikada munosib tan olingan muassasa sifatida faoliyat ko’rsatishga barcha imkoniyatlar yo’naltirilgan. Bugungi kunda filialda O’zbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridan Qoraqalpoǵiston Respublikasidan jami 1200 nafardan ortiq talabalar 12 ta`lim yo’nalishlarida tahsil olmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15-iyundagi F-60 sonli “2022/2023 o’quv yili uchun davlat oliy ta`lim muassasalariga o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to’ǵrisida” Farmoyishi va SamDVMChBU Nukus filialiga jami 335 o’rin shundan (kunduzgi 8 ta ta`lim yo’nalishlariga 225 ta (85 davlat granti, 140 to’lov kontrakt); Sirtqi bo’limga 4 ta`lim yo’nalishi uchun 100 ta to’lov kontrakt va 4 magistratura mutaxassisligi uchun 10 davlat granti kvotalari ajratilgan.

Ganiyev Aybek Yusupbayevich

Rahbar

913870770

samvminf@edu.uz

Факультеты 0
Количество профессоров и преподавателей 0
Студенты 0
Бакалавриат 0
Магистратура 0
Административный персонал 0
Старшие научные сотрудники 0
Младшие научные сотрудники 0
Лаборанты 0
Инженеры и техники 0
Члены Ученого совета 0
КОНТИНГЕНТ БАКАЛАВРОВ
Kurslar Бюджет государства На договорной основе Всего
1-kurs 0 0 0
2-kurs 0 0 0
3-kurs 0 0 0
4-kurs 0 0 0
5-kurs 0 0 0
6-kurs 0 0 0
7-kurs 0 0 0
КОНТИНГЕНТ МАГИСТРАТУРЫ
Kurslar Бюджет государства На договорной основе Всего
1-kurs 0 0 0
2-kurs 0 0 0