MINERАL RESURSLАR INSTITUTI, Oʼzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʼmitasi tarkibidagi i. t. instituti — geologik i. ch. boʼyicha respublikada yetakchi ilmiy metodik markaz. Oʼrta Osiyo yer osti qazilmalarini keng koʼlamda oʼrganish markazi sifatida 1957 y. da Toshkentda tashkil etilgan. 1994 y. gacha Oʼrta Osiyo mineral resurslari ilmiy tadqiqot in-ti, 1994 y. apr. dan hoz. nomda. Oʼzbekistonning alohida regionlarining geologik oʼrganish, mineral xom ashyo resurslariga boʼlgan ehtiyojni qondirish, import monitoringni hamda import oʼrnini bosadigan xom ashyo i. ch. uchun tavsiyalar berish kabi vazifalarni bajaradi