Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy - tadqiqot instituti 1920 yilda Tuproqshunoslik va geobotanika instituti nomi bilan Turkiston davlat universiteti huzurida tashkil etilgan.
Institutda 7 ta boʼlim, 45 ilmiy xodim, shu jumladan 5 ta fan doktorlari va 11 ta fan nomzodlari faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari institut tarkibida institut muzeyi, kutubxona va tajriba maydonlari mavjud.
Institutda Tuproqshunoslik, Аgrokimyo, Аgrofizika va Аgrotuproqshunoslik yoʼnalishlari boʼyicha 9 ta katta ilmiy xodim izlanuvchilar, shuningdek 15 ta mustaqil izlanuvchilar tadqiqotlar olib bormoqda.
Institut ilmiy xodimlari tamonidan 2015 yil davomida jami 70 ta maqola, shundan 6 tasi halqaro jurnallarda, 22 tasi mahalliy junallarda, 42 tasi ilmiy - amaliy konferentsiyalar maqolalari toʼplamlarida chop etilgan