Hukumatning tegishli qarori (№558, 17.09.2020y) bilan, Urganch shahrida xalqaro “Binary” universiteti tashkil etildi. Mazur oliy ta'lim muassasasi Malayziyaning “Binary” universiteti filiali hisoblanadi.
Filial nodavlat oliy ta'lim tashkiloti hisoblanadi va o'qish ingliz, rus va o'zbek tillarida to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Filialda bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllari hamda magistratura bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.
Filial bitiruvchilariga O'zbekiston va Malayziyada oliy ta'lim to'g'risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.