Prezidentning 30.10.2021 yildagi «Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5270-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq «Ipak yoʻli» turizm хalqaro universitetini «Ipak yoʻli» turizm va madaniy meros хalqaro universiteti (keyingi oʻrinlarda - Universitet) etib qayta nomlanadi. Shuningdek Universitet Shanхay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hamda ushbu sohalarni ilmiy va innovatsion tadqiq etish boʻyicha ilmiy muassasaga aylantiriladi.
Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/turizm_madaniy_meros_va_muzeyshunoslik_sohalarida_-_uzluksiz_talim_tizimi