Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi

One United Nations Plaza New York, NY USA
Xalqaro moliya instituti
10017
+1 212 906 5000
+1 212 906 5364

Birlashgan Millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) rivojlanish sohasidagi BMTning global tarmog'i hisoblanadi. U o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlaydi va aholi hayotini yaxshilashga ko'maklashish maqsadida bilim manbalari, amaliy tajriba va resurslardan foydalanish imkonini taqdim etadi. BMTTD 166 ta mamlakatda faoliyat yuritib, ular bilan global va milliy rivojlanish muammolari bo'yicha o'z echimlarini ishlab chiqishda o'zaro hamkorlik qiladi. O'z salohiyatini rivojlantirishda ular BMTTD tajribasi va uning keng doiradagi hamkorlariga tayanadilar.

Dunyo etakchilari 2015 yilga kelib qashshoqlik darajasini ikki barobarga qisqartirishning umumiy maqsadini o'z ichiga olgan Mingyillik deklaratsiyasining rivojlanish sohasidagi maqsadlariga erishish majburiyatini oldilar. BMTTD tarmog'i ushbu maqsadlarga erishish uchun qilinayotgan global va milliy darajadagi sa'y-harakatlarni birlashtiradi va muvofiqlashtiradi. Uning asosiy e'tibori mamlakatlarga demokratik davlat boshqaruvi, qashshoqlikni kamaytirish, inqirozlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, energetika va atrof-muhitni muhofaza qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, OIV/OITSga qarshi kurash masalalari bo'yicha echim topish va tajriba almashishga yordam berishga qaratilgan.

BMTTD Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kapital rivojlanish jamg'armasi (UNCDF); Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ayollar jamg'armasi (UNIFEM) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining ko'ngillilar dasturi (UNV)ni boshqaradi. BMTTD rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar vakillari bo'lgan 36 nafar odam tarkibidagi Boshqaruv kengashi tomonidan boshqariladi. Asosiy nashrlar qatoriga har yilgi HumanDevelopmentReport ("Inson taraqqiyoti to'g'risida hisobot") kiradi.