Butunjahon intellektual mulk tashkiloti

Chemin des Colombettes 34, Geneva 2, Switzerland
Xalqaro moliya instituti
CH-1211
+4122 338 8247
+41 800 888 549

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti - intellektual mulk sohasida bir qator asosiy xalqaro konventsiyalar, birinchi navbatda, Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to'g'risidagi Bern Konventsiyasi va Sanoat mulkini muhofaza qilish to'g'risidagi Parij Konventsiyasini ma'muriy boshqarish bilan shug'ullanadigan xalqaro tashkilot. Shuningdek 1974 yildan beri u Birlashgan Millatlar tashkilotining ijodkorlik va intellektual mulk masalalari bo'yicha ixtisoslashgan agentligi funktsiyalarini bajaradi.

BIMT intellektual mulkni muhofaza qilish sohasidagi eng qadimgi xalqaro tashkilot hisoblanadi. Aslida u 1893 yilda Parij (sanoat mulkini muhofazaqilish bo'yicha) va Bern (adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish bo'yicha) konventsiyalarining ma'muriy funktsiyalarini bajargan ikkita byuro BIRPI (Intellektual mulkni himoya qilish bo'yicha Birlashgan xalqaro byurolar) nomi ostida birlashgan diplomatik konferentsiyada tashkil etilgan.

A'zo davlatlar BIRPI  uchun to'la huquqli hukumatlararo tashkilot maqomiga erishishni xohlashdi. Shuning uchun 1967 yilda Stokgol`mda BIMTni tashkil etuvchi Konventsiya imzolandi. BIMTning bosh qarorgohi Jeneva (Shveytsariya) shahrida joylashgan. Bu yangi tashkilot o'zi bilan BIRPIni  almashtirdi. 1974 yilda BIMT Birlashgan Millatlar tashkilotining ixtisoslashgan muassasasiga aylandi. Birlashgan Millatlar tashkiloti va BIMT o'rtasidagi shartnomaga ko'ra, BIMT ijodkorlikni rag'batlantirish va davlatlar o'rtasidagi kooperatsiya yo'li bilan butun dunyo bo'ylab intellektual mulkni himoya qilish maqsadida tuzilgan shartnomalar va bitimlarga muvofiq zarur harakatlarni amalga oshirish uchun javob beradi.

BIMT ustav vazifalari

1967 yilgi Stokgol`m Konventsiyasi (3-modda) tashkilotning quyidagi maqsadlarini belgilaydi:

  1. Davlatlarning hamkorligi va tegishli holatlarda boshqa har qanday xalqaro tashkilot bilan o'zaro aloqa yo'li bilan butun dunyoda intellektual mulkni himoya qilishga ko'maklashish;
  2. Ittifoqlarning ma'muriy hamkorligini ta'minlash.

Shunday qilib, BIMT faoliyati ijodiy faoliyat uchun haq to'lashni ta'minlovchi, innovatsiyalarni rag'batlantiruvchi va jamiyat manfaatlariga rioya qilishda iqtisodiy rivojlanishga hissa qo'shuvchi muvozanatli va foydalanish imkoni bo'lgan xalqaro tizimni rivojlantirishga bag'ishlangan.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun tashkilotning quyidagi asosiy funktsiyalari ishlab chiqildi (1967 yilgi Konventsiyaning  4-moddasi):

  • butun dunyo bo'ylab intellektual mulkni himoya qilishni takomillashtirish va ushbu sohadagi milliy qonunchilikni uyg'unlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga ko'maklashish;
  • intellektual mulkni himoya qilish bo'yicha xalqaro shartnomalarni tuzish;
  • Parij Ittifoqi, ushbu Ittifoq bilan bog'liq bo'lgan maxsus Ittifoqlar va Bern Ittifoqining ma'muriy funktsiyalarini bajarish;
  • intellektual mulk sohasida texnik va huquqiy yordam ko'rsatish;
  • axborotni to'plash va tarqatish, tadqiqotlarni o'tkazish va ularning natijalarini e'lon qilish;
  • intellektual mulkni xalqaro himoya qilishni engillashtiruvchi xizmatlarning faoliyatini ta'minlash;
  • boshqa har qanday lozim harakatlarni bajarish.

 

Dasturiy faoliyati

BIMT ishida dasturiy faoliyat: mavjud shartnomalarni keng e'tirof etish, ularni yangilash, yangi shartnomalar tuzish, rivojlanish bo'yicha hamkorlikni tashkil etishni ta'minlash muhim o'rin tutadi. BIMT dasturiy faoliyatining jihatlaridan biri rivojlanish bo'yicha hamkorlik, shu jumladan unga muhtoj mamlakatlarga yordam berish hisoblanadi. BIMT ularga milliy qonunchilikni isloh qilishga yordam beradi, intellektual mulk salohiyatini ochishga qaratilgan ta'lim dasturlarini amalga oshiradi, ushbu mamlakatlar tomonidan komp`yuterlashtirish va intellektual mulk sohasidagi eng yangi texnologiyalardan foydalanishga yordam beradi, alohida mamlakatlarning o'z faoliyatida ishtirok etishiga yordam beradi.

Ta'lim faoliyati

1998 yildan beri BIMT Butunjahon akademiyasi intellektual mulkni himoya qilish sohasida inson resurslarini tayyorlash bilan shug'ullanadi. Uning huzurida internet orqali bilim olish imkonini beruvchi Masofaviy ta'lim markazi faoliyati yuritadi. Onlayn rejimida milliy muassasalarning biznes jarayonlarini bog'laydigan  WIPOnet - Global intellektual mulk tarmog'ini yaratish bo'yicha loyihaga ham alohida qiziqish uyg'otmoqda[12].

2000 yilda BIMT intellektual mulkning rivojlanishdagi rolini tushuntirishga qaratilgan yillik Xalqaro intellektual mulk kunini ta'sis etdi.

So'nggi yillarda BIMT doirasida har tomonlama qayta qurish jarayoni amalga oshirilmoqda, tashkilotning qayta ko'rib chiqilgan va kengaytirilgan strategik maqsadlari ularning bir qismi hisoblanadi. Yangilangan maqsadlar, tashkilot rahbariyatining fikriga ko'ra, BIMTning tez o'zgaruvchan tashqi muhitni va XXI asrda intellektual mulk sohasidagi muammolarni hal qilish zarurligini hisobga olgan holda o'z mandatini yanada samarali bajarishga yordam beradi. 2008-2009 yillarga mo'ljallangan qayta ko'rib chiqilgan dastur va byudjetda belgilangan to'qqiz strategik maqsad quyidagilardan iborat:

  1. Intellektual mulkning xalqaro normativ-huquqiy bazasini muvozanatli rivojlantirish.
  2. Intellektual mulkni himoya qilish global tizimlarida yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etish.
  3. Intellektual mulkdan rivojlanish manfaatlarida foydalanishni rag'batlantirish.
  4. Intellektual mulkning global infratuzilmasini muvofiqlashtirish va rivojlantirish.
  5. Intellektual mulk sohasidagi ma'lumotnoma axborotlari va tahliliy ma'lumotlarning butunjahon manbai.
  6. Intellektual mulkka hurmatni ta'minlashga qaratilgan xalqaro hamkorlik.
  7. Global strategik vaizfalar kontekstida intellektual mulk masalalarini hal qilish.
  8. BIMT, unga a'zo davlatlar va barcha manfaatdor tomonlar o'rtasida operativ aloqani ta'minlash.
  9. BIMTga o'z dasturlarini amalga oshirishga imkon beruvchi ma'muriy va moliyaviy qo'llab-quvvatlashning samarali tuzilmasi.