Ma'lumotlar bazasi

Platforma haqida

“Ilmiy maqolalarning milliy iqtibos indeksini va ilmiy nashrlarning bibliografik maʼlumotlar bazasini o‘z ichiga olgan elektron platforma yaratish”  mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida ilmiy xodimlarni ilmiy natijalarini chop etishdagi muammolari platforma orqali istalgan jurnalga onlayn jo‘natish orqali hal etildi. Buning yana bir afzalligi shundaki foydalanuvchilar o‘zlarning ilmiy sohalariga tegishli bo‘lgan ilmiy jurnallarni osongina topib olishlari va qulay tarzda maqola topshirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Mazkur loyiha doirasida yaratilgan elektron platformada foydalanuvchilarni shaxsiy kabinetlarida ular tomonidan chop etilgan ilmiy ishlarni partfoliosi tashkil etilganligi ularning ilmiy ishlarini qulay tarzda arxivi va reyestrini yuritishga ko‘mak beradi. Bundan tashqari ilmiy xodimning ilmiy natijalariga qiziqishlar va o‘quvchilar sonini ko‘rib borishlari hamda shu orqali hamkorlikda yangi ilmiy natijalarga erishishiga ko‘maklashuvchi vosita sifatida xizmat qiladi.

Hozirgi vaqtda tizimda qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlarning hajmi 100 dan ortiq ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oliy o‘quv yurtlariga qarashli 190 dan ortiq ilmiy jurnallarni, 10000 dan ortiq ilmiy nashrlarning faol mualliflarini qamrab oladi.

Tizimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Ilmiy bibliografiya va maʼlumotlarning ro‘yxatini, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini, ilmiy davriy nashrlar nashriyotlari, ilmiy tashkilotlar va alohida tadqiqotchilar faoliyati natijalarini bibliometrik va statistik qayd yetish formatini birlashtirish;
  • O‘zbekiston ilmiy davriy nashrlarida nashr yetilgan maqolalar haqida bibliografik maʼlumotlarni to‘plash, ishlov berish va saqlashni markazlashtirish;
  • Ilmiy jurnallar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va alohida mualliflarning nashriyot faoliyati, ilmiy mahsuldorligi, ilmiy va jamoat vaznini (obro‘-bahosi) miqdor va sifat jihatidan baholashga imkon beradigan hisob-kitoblarni va bibliometrik va statistik ko‘rsatkichlarni avtomatlashtirish;
  • Nashrlarning ilmiy ahamiyati va obro‘sini, nashr etilayotgan maqolalar sifatini oshirish, mahalliy va xalqaro ilmiy hamjamiyatda ommalashtirish bo‘yicha tahririyat va noshirlik jamoalari faoliyati natijalarini monitoring qilish va baholash;
  • Tizimda yaratilgan bibliografik, bibliometrik va statistik maʼlumotlarning tartibga solinishini taʼminlash.