O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
22-maydagi 313-son qaroriga muvofiq “Andijon Yoshlar Texnoparki“ MChJ tashkil
etilgan. Andijon Yoshlar
Texnoparki 2021-yilning sentabr oyidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda.
Andijon viloyatining Andijon shahrida joylashgan ushbu texnopark yoshlar,
talabalar, olimlar hamda tadbirkorlik subyektlarining o‘z loyihalarini va
g'oyalarini amalga oshirish va rivojlantirish uchun barcha sharoitlarga ega,
zamon talablariga javob beruvchi eng so'ngi rusumdagi jihozlangan o‘quv va
ishlab chiqarish texnoparki hisoblanadi.
“Andijon
Yoshlar texnoparki” yiliga 560 nafar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
sohaga qiziquvchi yoshlarni 5 ta “Web-dasturlash”, “Robototexnika”, “3D
modellashtirish”, Grafik dizayn va Web-dizayn yo‘nalishlarida o‘qitish imkoniga
ega.
Shuningdek,
korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarni axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasi bo‘yicha malakalari oshiriladi. O‘quvchilar uchun barcha
shart-sharoitlar yaratilgan. Bepul internet zamonaviy kompyuter to‘plamlari, 3D
printerlar, Ardiuno va lego qurilmalari mavjud.
Tashkilotning
vazifalari:
Hududlarda
“Yoshlar akademiyasi”ning faoliyatini rivojlantirish, mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va hududlardagi
texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari bilan
hamkorlikda yoshlarni intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirish;
Hududlarda
yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatga
keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual
salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar
yaratish;
Yoshlarning
“startap” loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona
maydon tashkil etish orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirish;
Zamonaviy
talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek,
hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan
ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini
chuqurlashtirish;
Iqtidorli
yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari,
universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka
oshirishlariga ko‘maklashish;
Yetakchi
kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida
treninglar va master-klasslarni, shuningdek, yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni
shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion aloqalarni yo‘lga
qo‘yish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, o‘quv kurslari va
treninglar tashkil etish;
Iqtidorli
yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni
saralash hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi
tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan e’lon qilib boriladigan
tanlovlarga yo‘naltirish;
Ilmiy-texnik,
innovatsion hamda “startap” loyihalarini amaliyotga joriy etish maqsadida oliy
ta’lim muassasalarining ilmiy xodimlari, o‘qituvchi-professor va talabalarini
jalb qilish.
Tashkilotning
funksiyalari:
Tadqiqotlar
va ishlanmalarni tijoratlashtirishga mo‘ljallangan kichik innovatsion
korxonalarini tashkil etish va rivojlantirishga, shuningdek boshlang‘ich
tadbirkorlarga innovatsion loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
Iqtidorli
yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha saralangan
loyihalarni mavzuga oid grantlar berish yuzasidan e’lon qilib boriladigan
tanlovlarda ishtirok etishida ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash;
Oliy ta’lim
muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalarini, ilmiy
tashkilotlar xodimlarini, alohida olimlar va mutaxassislarni tadbirkorlik
faoliyatiga faol jalb qilish, ularning g‘oya va loyihalarini amalga oshirishga
ko‘maklashish;
Yoshlar
texnoparki rezidentlariga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek
Yoshlar texnoparki rezidentlariga ilmiy-texnik tadqiqotlar, ishlanmalar va
ixtirolar natijalarini ilgari surishda ko‘maklashish;
Innovatsion
menedjmenti va innovatsiyalar marketingi sohasida tadbirkorlar va
mutaxassislarni o‘qitishni va tayyorlashni tashkil etish, ularning kasbiy,
huquqiy, iqtisodiy va boshqaruv bilimlari darajasini oshirish;
Yoshlarning
startap loyihalarini rivojlantirish va amalga oshirish uchun mo‘ljallangan
yagona maydonni tashkil etish;
Ilmtalab
texnologiyalar va raqobatbardoshli mahsulotlar yaratishga yo‘naltirilgan
ilmiy-texnik loyihalar va dasturlar ishlab chiqilishiga va ularning amalga
oshirilishiga ko‘maklashish;
Qonun
hujjatlariga muvofiq nufuzli ilmiy markazlar, universitetlar, texnoparklar va
ishlab chiqarish tashkilotlar bilan xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni tashkil
etish va amalga oshirish;
Tashkilot
tomonidan amalga oshirilgan ishlar:
Bugungi
kunda Andijon Yoshlar Texnoparki tomonidan iqtidorli yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash, ularni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb
qilish, tashabbuskor yoshlar tomonidan taklif qilingan startap loyihalarni
rivojlantirish va ularni prototiplarini yaratish hamda ishlab chiqarishda
amalga oshirish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar va loyihalar amalga
oshirilmoqda.
“INNOX”
biznes inkubator, “Technoways” yoshlar biznes inkubatgori, “Zamonaviy kasblarni
bepul o‘rganing”, “Business Management School”, “G‘oyadan startapgacha”,
“Innovatorlar kuni” va “Biznes marafon” loyihalari shular jumlasidandir.
Bugungi
kunga qadar, yuqoridagi loyihalarga 10 mingdan ziyod yoshlar qamrab olindi.
Xususan, “INNOX” biznes-inkubator dasturini tashkil etish
bo‘yicha tasdiqlangan nizomga muvofiq Andijon Yoshlar Texnoparkida “InnoX”
biznes-inkubator dasturi ishga tusharilgan bo‘lib, dastur doirasida 50 dan
ortiq targ‘ibot tadbirlari hamda soha mutaxassislari ishtirokida davra
suhbatlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan
targ‘ibot tadbirlarida 7000 mingdan ziyod yoshlar qamrab olindi.
“INNOX”
biznes-inkubator dasturi doirasida yoshlar tomonidan 60 ta startap loyihlar
shakillantirilib shundan 23 ta startaplar Innovatsion rivojlanish agentligining
grant tanlovlariga, 14 ta startaplar xalqaro grantlarga yo‘naltirildi. 2,9 mlrd
so‘m qiymatidagi 4 ta startap loyihalar Innovatsion rivojlanish agentligi
tomonidan moliyalashtirilgan.
Bundan
tashqari, dastur ishtirokchilaridan 1 nafari “Unicorns SCO” xalqaro tanlovida
10 ming AQSh dollari, 1 nafari “Biznesga birinchi qadam” tanlovida 50 mln
so‘m, 8 nafari “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining viloyat
bosqichida 3,3 mln so‘m, 4 nafari esa Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga
kiritib 6,6 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritdilar.
Andijon
yoshlar texnoparki tomonidan talabalar, yosh olimlar va o‘qituvchilarning
ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida
xalqaro va mahalliy darajada e’tirof etilgan kompaniyalar, tashkilotlar va
mutaxassislar ishtirokida “Biznes inkubator”, “Web-dasturlash”, “Grafik
dizayn”, “Robototexnika”, “3D modellashtirish” hamda “Web-dizayn” yo‘nalishlari
bo‘yicha 1500 nafar ishtirokchilarni o‘z ichiga olgan 30 dan ortiq mahorat
darslari, treninglar, va seminarlar o‘tkazildi.
Robototexnika
yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida 10 dan ziyod musobaqalar hamda davra
suxbatlari o‘tkazildi.
Zamonaviy
talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, yoshlarni innovatsion
faoliyatga keng jalb etish maqsadida “Zamonaviy kasblarni bepul
o‘rganing”loyihasi 5 bor tashkil etildi. Loyiha doirasida 325 nafar yoshlar 5
ta yo‘nalishlardagi zamonaviy kasblarga bepul o‘qitildi.
Viloyat
tashkilotlarini sifatli dasturiy va texnologik mahsulotlarga ehtiyojlari
o‘rganib borilmoqda va shu asosida “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlari rivojlantirish”
boshqarmasi takliflari bo‘yicha nogironligi bo‘lgan va nafaqa yoshidagi
shaxslarga, uydan turib zarur bo‘lgan protez buyumlari hamda sog‘lomlashtirish
sihatgohlarida dam olish uchun ariza qoldirish, navbatni onlayn kuzatib borish,
korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida “N-yordam” hamda nodavlat ta’lim
muassasalari hamda respublika Yoshlar texnoparklaridagi o‘quv tizimi
faoliyatini avtomatlashtirish maqsadida www.yoshlartexnoparki.uz “CRM” platformalari ishga tushurildi.
Ishlab
chiqarish maydonchasida import o‘rnini bosuvchi qoliblarni ishlab chiqarish
yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda xorijdan olib kelinayotgan mayda detallarni
mahalliylashtirish bo‘yicha Eron davlatidan olib kelinayotgan 2 xil turdagi
detallarni texnopark ishlab chiqarish pavilonida tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Hozirda,
“FabLab” prototiblash labaratoriyasida 30 turdagi tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari “O‘zAuto-Austem” AJning
horijdan olib kelinayotgan mayda detallarini mahalliylashtirish bo‘yicha
hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan
«Uz-SeMyung Ko» qo‘shma korxonasining “Damas” va boshqa turdagi
avtomobilining butlovchi detalni Andijon Yoshlar Texnoparki “FabLab”
prototiplash labaratoriyasida ishlab chiqarish bo‘yicha takliflar olindi.
20 nafar
yoshlar Andijon Yoshlar Texnoparkining “FabLab” prototiplash labaratoriyasida
payvandlash, tokar ustasi, ChPU uskunasi operatorligi va injener konstruktorlik
yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan 3 oylik kasb maktablariga ustoz-shogird
shaklida qabul qilindi. kurs yakunida mutaxassislikni tasdiqlovchi
sertifikatlar taqdim etiladi.