Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.05.2020
yildagi 313-sonli “Respublika hududlarida yoshlar texnoparklarini tashkil etish
chora-tadbirlari toʼgʼrisida” qaroriga muvofiq Sirdaryo yoshlar texnoparki 2022
yil 1 sentabrda tashkil topgan.
Texnopark bino va inshootlarini qurish, qayta taʼmirlash va
ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy
asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va
innovatsiyalarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi hisobidan amalga oshirildi.
Tashkilotning
vazifalari
Sirdaryo
Yoshlar Texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalari:
Sirdaryo
viloyati Yoshlar Texnoparki yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni
ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli,
tashabbuskor yoshlarning oʼz intellektual salohiyatini namoyon qilishi va
ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish;
Yoshlarning
“startap” loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona
maydon tashkil etish orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirish;
Zamonaviy
talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek,
hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan
taʼminlash maqsadida ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini
chuqurlashtirish;
Iqtidorli
yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari,
universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka
oshirishlariga koʼmaklashish;
Yetakchi
kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida
treninglar va master-klasslarni, shuningdek, yoshlarda amaliy koʼnikmalarni
shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni
yoʼlga qoʼyish maqsadida ilmiy-texnik konferentsiya, seminar, oʼquv kurslari va
treninglar tashkil etish;
Iqtidorli
yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yoʼnalishlar boʼyicha loyihalarni
saralash hamda Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan eʼlon qilib boriladigan
tanlovlarga yoʼnaltirish;
Ilmiy-texnik,
innovatsion hamda “startap” loyihalarini amaliyotga joriy etish maqsadida oliy
taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari, professor-oʼqituvchi va talabalarini
jalb qilish.
Tashkilotning funktsiyalari
Texnopark
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
muassisligidagi hamda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs
hisoblanadi
Texnopark
faoliyati Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi
Yoshlar akademiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Texnoparkning eksterritorialligi joylashgan hudud doirasida
nazarda tutiladi va bunda amalga oshiriladigan loyihalarning ilmiy, texnologik
va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisobga olinib, ularning rezidentlari
tegishlicha Qoraqalpogʼiston Respublikasi hamda viloyatlarda joylashtiriladi;
Texnopark rezidenti maqomini berish toʼgʼrisida qaror qabul
qilish va keyinchalik ularni roʼyxatdan oʼtkazish Oʼzbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar
Sirdaryo Yoshlar Texnoparki ilmiy izlanuvchan yoshlar uchun
koʼplab dasturlar va imkoniyatlar yaratilgan boʼlib, hozirda “Inkubatsiya
dasturi doirasida “Technoways busniess incubator” va “InnoX” darslari yoʼlga
qoʼyilgan. “Technoways business incubator” dasturi asosida 200 dan oshiq
yoshlarni innovatsion startap loyihalarni koʼrib chiqilib, eng yaxshi loyihalar
tanlab olinib, ushbu dastur asosida oʼqitildi. “InnoX” biznes-inkubator
dasturini tashkil etish boʼyicha tasdiqlangan nizomga muvofiq Sirdaryo Yoshlar
Texnoparkida “InnoX” biznes-inkubatsiya dasturi ishga tusharildi. “InnoX”
biznes inkubatsiya dasturi doirasida 250 dan ortiq iqtidorli yoshlar roʼyhatga
olindi.Shulardan eng yaxshi, innovatsion loyhalardan 25 tasi saralab olindi. Dastur 3 oy davom etib, darslar
davomida oʼquvchilar malakali va tajribali mentor va spikerlar tomonidan tahsil
olishdi. Dastur yakunida eng yaxshi innovatsion loyha egalari Texnopark
tomonidan sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Hozirda bu dastur
bitiruvchilari koʼplab loyihalar tanlovida muvaffaqqiyatli ishtirok etib
kelishmoqda.
Texnoparkda
ishlab chiqarish sohasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. “FabLab” ishlab
chiqarish laboratoriyasi tashkil etilgan. Hozirda lazer apparati yordamida
turli xil buyumlar ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilgan. Bu yoʼnalish boʼyicha
qator hamkorliklar amalga oshirilgan boʼlib, kichik korxonalar, davlat
tashkilotlari va xalqimiz uchun xizmat qilib kelmoqda.
“GRАNT” kurslar loyihasi.Hozirgi kunda
yoshlarni ilmiy salohiyatga keng jalb qilish va boʼsh vaqtini mazmunli
oʼtkazish maqsadida tashkil etilgan. Bu kurslar davomida IT va robototexnika,
mexatronikaga qiziquvchi 60 dan ortiq yoshlarga bepul taʼlim olib kelmoqda.Hozirgi
kunda robototexnika kursida yoshlar oʼzlari orzu qilgan robotlarini yasashni
oʼrganishmoqda. Texnoparkda bu uchun zarur sharoitlar yaratilgan boʼlib,
darslar amaliy va nazariy tarzda oʼtib boriladi.
Texnopark
tomonidan ham bir qator loyihalar ishlab chiqilgan boʼlib, baʼzilari sinov
tariqasida ishga ham tushirilgan. “MY COMPANY”, “Inagro”, “Castle
academy” kabi platformalar yaratilgan. Hozirda “MY COMPANY” platformasi
Sirdaryo viloyati hokimligi boshqaruv tizimiga ham joriy etilgan. Bu platforma
orqali hodimlarni boshqarish, topshiriqlar berish, hisobotlar yozish va ish
samaradorligini aniqlashga erishish mumkin. Bu platformadan texnopark hodimlari
ham foydalanib kelmoqda. Platformadan foydalanish orqali ish samaradorligini
oshirish va vaqtni tejab qolish mumkin.
Hozirgi kunda Texnoparkda qator xalqaro aloqalar ham yoʼlga qoʼyilgan. Xususan, Xitoyning “SuperMap” kompaniyasi, Turkiyaning “TIKА” agentli shular jumlasidandur. Xitoyning “SuperMap” kompaniyasi filialini texnoparkda ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Hozirgi kunda bu kompaniya bilan hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.