O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish
vazirligi “Yashnobod” innovatsion texnoparki hamda eron Islom Respublikasi
“Pardis” texnoparki startap loyihalar tanlovini e'lon qiladi.
Mazkur tanlov O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning
normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to'g'risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga
muvofiq o'tkaziladi.
Startap
loyihalarni qabul qilishda qo'yiladigan talablar:
- Arizalar
joriy yilning 1-mayidan 1-iyuniga qadar qabul qilinadi;
- 1 ta
ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etadi;
- Startap
loyihalar asosida maket va (yoki) prototip, xizmatlar va innovatsion
mahsulotlar yaratishning eng ko'p muddati 1 yildan oshmasligi lozim.
Loyihaga
baho berishda quyidagilar hisobga olinadi:
- Loyihaning
innovatsionligi – respublikada avval qo'llanilmagan yangi texnologiyalar
va (yoki) jarayonni tashkillashtirish tamoyillaridan foydalanish darajasi,
bunda loyiha respublikada avval ishlab chiqarilmagan yangi mahsulot
(intellektual mulk ob'ekti mavjud bo'lganda) ishlab chiqarish, yangi
xizmat yaratishni ko'zda tutadi;
- Loyihaning
texnik jihatdan mukammalligi, shu jumladan yakunlanganlik darajasi;
- Muhofaza
qiluvchi hujjatlar mavjudligi – patent yoki patentga ariza, va/yoki
ilmiy-texnik hujjatlarning to'liq komplekti, va/yoki ko'zda tutiladigan
mahsulot (texnologiya)ning texnik reglamenti, sinov dalolatnomalari,
mahsulot namunasining mavjudligi;
- Loyihaning
investitsion jozibadorligi – qo'shimcha foyda keltirib, kiritilgan
mablag'lar tavakkalchiligini kamaytiradigan qulay investitsion va
innovatsion shart-sharoitlar majmuidir. Loyihaning investitsion
jozibadorligi uning mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli istiqbollariga
muvofiqligi, loyihaning qiymati, tavakkalchiliklarning hisobga olinishi,
o'zini o'zi qoplashi va rentabelligi bilan belgilanadi;
- Loyihani
moliyaviy rejalashtirish – loyiha moliyaviy ta'minotining
rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi va xarajatlar smetasining
asoslanganligidir;
- Marketing
rejasi – loyihani amalga oshirish strategiyasi, bozor hajmi, maqsadli
auditoriya, aloqalar/sotuvlarning asosiy kanallari, raqobat muhiti va h.
- Loyihani
amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – ajratiladigan mablag'lardan
samarali foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish sifati va
muddatlari, import o'rnini bosuvchi va eksportga yo'naltirilgan ilmiy asos
talab qiladigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish.
O'zbekiston
Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlov g'oliblari borasidagi
qarori qat'iy va u qayta ko'rib chiqilmaydi!
Tanlovga arizalar tomonlar
o'rtasida kelishilgan holda, mos ravishda taqdim qilinishi shart. Bunda quyidagi hujjatlar asl nusxalari PDF shaklida uzbiranstartup@gmail.com pochtasiga
yuborilishi lozim:
- Startap
loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza;
- Startap loyiha pasporti;
- Startap
loyiha biznes matni (imzo va muhr qo'yilgan holda, .pdf va .doc/.docx);
- Xarajatlar smetasi (.xls/.xlsx);
- Startap
loyiha (taqdimoti 10 slayd) shaklida loyiha mazmuni to'liq yoritilganligi.
Taqdim etilgan loyihalar
tanlov talablariga qat'iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining
ishonchliligi va haqqoniyligi, ko'chirmachilikka (plagiat) yo'l qo'yilmaganligi,
talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek, startap loyiha
yakunida qo'lga kiritiladigan muhim natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq
to'liq asoslanganligi va so'ralgan mablag'larning tanlov shartlarida
keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq to'g'ri hisob-kitob qilinganligi bo'yicha
dastlabki texnik ekspertizadan o'tkaziladi.
- Dastlabki
texnik ekspertizadan o'tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga
tavsiya etilmaydi!
- Tanlovga
faqat bitta ijrochi tomonidan taqdim etilgan loyihalar, shuningdek, ekspertiza natijalari bo'yicha bir
tomonlama yoki ikkala tomondan ham moliyalashtirish rad qilingan loyihalar
tanlovdan chetlashtiriladi!
Quyidagi
hollarda taqdim etilgan loyihalar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya
etilmasligi mumkin:
- Startap
loyiha mazmunan innovatsion xususiyatga ega emasligi;
- Startap
loyihaning maqsad va vazifalari yoritib berilmaganligi;
- Startap
loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag'ni binolarni
rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash-qurilish ishlariga, shuningdek,
avtotransport vositalarini xarid qilishga sarflanishi rejalashtirilganda.
Taqdim etilgan startap
loyihalardagi ma'lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tanlov
g'oliblari tomonidan startap loyihalarning natijadorligi, tanlov dasturlari vazifalarida
belgilangan, kutilayotgan natijalarni to'la va o'z vaqtida sifatli
bajarilishiga startap loyiha rahbarlari, mazkur loyihani bajaruvchi tashkilot
rahbarlari javobgar hisoblanadilar.
Startap loyihalarni elektron
ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq texnik masalalar bo'yicha: +998-71-203-32-23
(ichki raqam: 841).