Umumiy
o‘rta ta’lim maktablari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy
adabiyotlarni yaratish bo‘yicha Milliy tanlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12
avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va
ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son
qarorining 9-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xalq ta’limi
vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan
birgalikda har yili ilg‘or xorijiy tajriba asosida ta’lim
muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni
yaratish bo‘yicha milliy tanlov e’lon qiladi.
Tanlovning maqsadi − kimyo va
biologiya fanlari yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini oshirish, ta’lim
muassasalari uchun ilg‘or xorijiy tajriba asosida zamonaviy o‘quv va ilmiy
adabiyotlarni yaratish hamda ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim,
ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va
hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Nizomga muvofiq joriy yilda umumiy o‘rta
ta’lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy
adabiyotlarni yaratish bo‘yicha milliy tanlov tashkil etiladi.
Tanlovda
ishtirok etish uchun topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati:
1.
Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov komissiyasi nomiga ariza.
2.
Muallif yoki mualliflar guruhi a’zolarining ma’lumotnomasi (ob’ektivkasi).
3.
Tanlovga topshirilayotgan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni Davlat ta’lim
standarti, o‘quv reja va dasturlari nusxalari.
4.
Tanlovga topshirilayotgan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni ilmiy yoki ta’lim
tashkilotlarining ilmiy (metodik) Kengash yig‘ilishlari muhokamasidan
o‘tganligi to‘g‘risidagi bayonnomasidan ko‘chirmasi.
5.
O‘quv va ilmiy adabiyotlar qo‘lyozmasining elektron va qog‘oz shaklidagi
nusxasi.
Eslatma: Tanlovda Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatgan
va ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar, pedagog xodimlar, Fanlar akademiyasi va uning
tasarrufidagi ilmiy tashkilotlarda faoliyat yuritgan va yuritayotgan fan
mutaxassislari, ilmiy xodimlar, mualliflar guruhi hamda mustaqil izlanuvchilar
(yoshi cheklanmagan holda) qatnashishlari mumkin.
Tanlovda
ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish muddati: tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2022
yil 25 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish
vazirligi (100174, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy)ga
yuboriladi.
Arizalar edu@mininnovation.uz elektron pochta manziliga “Kimyo va
biologiya fanlaridan milliy tanlovga” sarlavha bilan yuborilishi
lozim.
Ma’lumot
uchun telefon: (99871)
203-32-31 (245).
Ko‘rsatilgan
muddatdan keyin topshirilgan arizalar tanlovga qabul qilinmaydi va ko‘rib
chiqilmaydi! Shuningdek, avvalgi tanlovlarga topshirilgan adabiyotlar qayta
tanlovga qabul qilinmaydi!
G‘olib muallif yoki mualliflar
guruhi Innovatsion rivojlanish vazirligi 100 million so‘mdan bir
martalik mukofot pullari bilan taqdirlanadi.