News 10.05.2024 16

"Xalqaro maʼlumotlar bazalaridan samarali foydalanish vositalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔣Joriy yilning 10-may kuni Milliy markazda  Ilmiy-texnik axborot markazining Ilmmetrik tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy rivojlanishni prognoz qilish departamenti boshligʻi Diana Abdumuminova ishtirokida  "Xalqaro maʼlumotlar bazalaridan samarali foydalanish vositalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. 


🔗Unda markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda yosh olimlar ishtirok etishdi. 

⌛Seminar-trening davomida Scopus va Web of Science xalqaro ma'lumotlar bazalari, respublika hamda xalqaro ilmiy jurnallar boʻyicha maʼlumotlar taqdimoti namoyish etildi. Shuningdek, ilmiy maqola chop etishda sifatli ilmiy jurnallarni tanlash, talablariga mos keladigan maqolalar chop etish, tahlil etish va soxta jurnallarni sifatli jurnallardan qanday ajratish boʻyicha maʼlumotlar berildi. Maʼruza davomida LinkedIn va Researchgate kabi professional ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻzlarining ish natijalarini ulashish imkoniyatlari hamda H-indeksi yuqorilash imkoniyatlari haqida koʻrsatmalar berildi. 


🕯Seminar soʻngida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.