Yangilik 25.09.2025 7

“Buxoro-TalabaExpo2025” doirasida talabalarga 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan vaucherlar topshirildi

“Buxoro-TalabaExpo2025” tadbiri doirasida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan bank mahsulotlari hamda bitiruvchi talabalarning innovatsion va startap loyihalari taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan mazkur tadbirda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida ishlab chiqilgan kredit mahsulotlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, biznes loyihalari moliyalashtirishga qabul qilingan bitiruvchi talabalarning taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.

Jumladan, Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi Bahodirova Gullolaga 1 milliard so‘m, ushbu institutning yana bir talabasi Jamolova Gulmiraga 800 million so‘m, Buxoro davlat texnika universiteti talabasi Yusupova Jasminaga esa 50 million so‘mlik vaucher topshirildi.

Ushbu tashabbus xalqaro tajribaga hamohang tarzda amalga oshirilmoqda. Masalan, rivojlangan davlatlarda tijorat banklari va yirik kompaniyalar tomonidan talaba-startap loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash keng yo‘lga qo‘yilgan. Bunda yoshlarning g‘oyalari amaliyotda sinovdan o‘tkazilib, bozorga tezroq kirib borishiga sharoit yaratiladi.

O‘zbekistonda ham “Kelajakka qadam” dasturi doirasida talaba-yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes g‘oyalarini moliyalashtirish va amaliyotga joriy etish borasida samarali mexanizmlar shakllantirilmoqda.

Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ Buxoro viloyati bosh boshqarmasi hamda “Kelajakka qadam” markazi hamkorligida tashkil etildi.