News 23.07.2024 11

TDIU ilmiy tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilari diqqatiga

Joriy yilning 27-sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan “Milliy iqtisodiyotimizda investitsiyalar va moliyaviy rivojlanishni Oliy muhandislik maktablari bilan integratsiyalashtirish samaradorligi” nomli maxsus to‘plam  tashkil etilmoqda. 

To‘plam doirasida qabul qilinayotgan materiallar OAK e’tirof etgan, xalqaro ISNN va DOI darajasini olgan “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot” jurnalida e’lon qilinadi.

Shuningdek, 27-sentabrgacha tezislar DOI berilgan holda jurnal rasmiy veb sayti hamda telegram rasmiy kanalida kunlik e’lon qilib boriladi.

Respublikamizdagi OTMlardan jo‘natilayotgan tezislar 2024-yilning 25-avgust sanasiga qadar @iqtisodiyot_77 telegram manzili orqali qabul qilinadi. 

Murojaat uchun telefon: 93-718-40-07