О портале
Новости 02.07.2024 15

Toshkent davlat texnika universitetining Fransiya delegatsiyasi bilan uchrashuvi.

Joriy yilning 18-iyun kuni Toshkent davlat texnika universitetida Fransiya universitetlari vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Fransiya delegatsiya bilan TDTU O’quv ishlari bo’yicha prorektor Oripjon Zaripov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Ulug'bek Mannanov hamda tegishli mas’ullar o‘zaro fikr almashishdi. 

TDTU o'quv ishlari bo'yicha prorektori O. Zaripov mehmonlarni universitet faoliyati va rivojlanish istiqbollari bilan batafsil tanishtirdi, shuningdek, ilmiy-texnik sohada hamkorlar bilan o'zaro munosabatlarni rivojlantirish imkoniyatlari haqida so'z olib bordi. Shuningdek, Fransiyadagi Puatye, Gavr-Normandia, Lyon hamda Renn universitetlari vakillari ham o‘z ta’lim muassasasi, undagi imkoniyatlar hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha fikr bildirishdi. Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasida tashkil etiladigan yangi universitetning magistratura mutaxassiliklari, o’quv reja va o’quv dasturlari, malaka talablari,  o’qishga talablarini qabul qilish, o’qituvchilarnini dars jarayoniga jajb qilish, tahsil olish tili kabi mavzular muhokama qilisnihi ko’zda tutilgan. O‘zbekistonda tashkil etiladigan O‘zbekiston – Fransiya yangi universitetida lmiy yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ta’lim standartlari, tashkil etiladigan universitetning ta’lim yunalishlari va mutaxassisliklari, o‘quv reja va o‘quv dasturlari hamda malaka talablari yuzasidan fikr almashildi. Ikkala tomon ham ushbu hamkorlikning kelajagi haqida yaxshi fikrlar bildirdi va uchrashuvda belgilangan umumiy maqsadlarga erishish uchun yaqindan hamkorlik qilishga intildi.