Yangilik 11.12.2021 396

Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari Rossiya Federatsiyasiga xizmat safariga joʻnab ketishdi

 Joriy yilning 12-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi vakillari Rossiya Federatsiyasiga xizmat safariga joʻnab ketishdi.

Markaz vakillari, Rossiya Federatsiyasi Yekaterinburg shahridagi Rossiya birinchi Prezidenti B.N.Yelsin nomidagi Ural Federal universitetiga tashrifi rejalashtirilgan. Rejaga koʻra tomonlar Davlat ilmiy-texnik axborot tizimini rivojlantirish uchun kasbiy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish va mustahkamlash borasida muhokamalar olib boriladi xamda tashrif yakunida hamkorlik memorandumi imzolanadi.

Rossiya Federatsiyasiga safar davomida, Markaz xodimlari va “Clarivate Analytics” kompaniyasi Rossiya va Oʻrta Osiyodagi vakillari oʻrtasida uchrashuv rejalashtirilgan, mazkur uchrashuv davomida tomonlar hamkorlik rejalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, safar davomida Moskva shahrida joylashgan Rossiya Fanlar Akademiyasi Butunrossiya ilmiy va texnik axborot instituti bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida hamkorlik shartnomasini imzolash rejalashtirilgan.