Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va “Ulugʻbek” jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida 16-25 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI” respublika tanlovi eʼlon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlishi;
- aniq bir gʻoya yoki loyihaga ega boʻlishi;
-IQ test natijasi 110 balldan past boʻlmasligi;
- turli tanlovlarda gʻolib boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom, sertifikat yoki tavsiyanomaga ega boʻlishi.
Tanlov 3 bosqichdan iborat:
1-bosqich joriy yilning fevral--mart oylarida tuman (shahar)larda;
2-bosqich aprel oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida;
3-bosqich may oyida respublika miqyosida oʻtkaziladi.
“Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovida ishtirok etishni istagan yoshlar avval sayt orqali roʻyxatdan oʻtishi va IQ-test topshirishlari lozim.
Shuningdek, tanlovda qatnashish uchun @vorislar_tanlovi_bot orqali ham roʻyxatdan oʻtish mumkin.
Ajdodlarimizga munosib voris boʻlishni istagan yoshlarimizni tanlovda ishtirok etishga chorlab qolamiz!
Batafsil maʼlumot www.lex.uz