Yangilik 17.02.2022 455

Seysmik faol hududlarda “Elektron texnik pasport” ishga tushirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti olimlari tomonidan seysmik faol hududlarda joylashgan bino va inshootlarning “Elektron texnik pasport” axborot tizimi ishga tushirildi.

“Elektron texnik pasport” axborot tizimining ishga tushirilishi seysmik faol hududlarda joylashgan bino va inshootlarni meʼyoriy ekspluatatsiya qilish muddatini uzaytirish uchun halokat holatidan oldingi va avariyaviy holatini oʻz vaqtida aniqlash, shuningdek buzilish xavfi bor binolardan foydalanishni toʻxtatish maqsadida ularning zilzilabardoshligi boʻyicha texnik holatini baholashga xizmat qiladi.

Bunday tizim Oʻzbekistonda ilk bor ishga tushirildi. “Elektron texnik pasport” axborot tizimi orqali respublikamiz hududidagi mavjud bino va inshootlarning texnik holatini baholash bilan yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarning oldi olinadi, iqtisodiy yoʻqotishlarni kamaytirishga, jumladan, insonlarning hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi. Bunday tizimning yoʻlga qoʻyilishi zilzilalar xavfi mavjud boʻlgan hududlar uchun ustuvor yoʻnalishdagi vazifalardan hisoblanadi.