Yangilik 16.03.2022 355

Yurak kasalliklarini oltin bilan davolash usuli topildi

Olimlar oltinning modifikatsiyalangan nanozarrachalaridan foydalanishdi. Ularni peptidlar bilan boyitishdi. Keyin mazkur aralashmani kichik uskuna vositasida sichqon yuragiga purkashdi. Tadqiqotchilar davolashning mazkur usuli ushbu organning elektron o'tkazuvchanligini oshirishini aniqlashdi.

Olimlar mazkur yangilikni yurak operatsiyalarida foydalanish mumkinligini ta'kidlashmoqda. Tadqiqotchilar ushbu izlanishlarni yanada yirikroq jonivorlar, xususan, quyon va cho'chqalarda olib borishni rejalashtirgan, deyiladi lenta.ru saytida.